17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 08:09
Jamiyat 👁 492

“Gulzor” mahallasida istiqlol bayramimizni munosib kutib olishga qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda

“Gulzor” mahallasida istiqlol bayramimizni munosib kutib olishga qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda

Eng ulugʻ, eng aziz boʻlgan istiqlol ayyomi arafasida mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yoʻliga yana bir bor nazar tashlab, amalga oshirilgan ishlar, qoʻlga kiritilgan ulkan natijalarni baholash, ularning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ularga bayramona kayfiyat ulashish gʻoyat muhim sanaladi. Bayram munosabati bilan bu borada zarur chora-tadbirlar belgilab olinadi va mustaqillik sharafiga keng koʻlamdagi bunyodkorlik hamda obodonchilik ishlari ham amalga oshiriladi.

Shu kunlarda xalqimiz Vatanimizning koʻp asrlik shonli tarixida mutlaqo yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish yoʻlini ochib bergan buyuk tarixiy voqea – Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligini munosib kutib olish va tantanali ravishda nishonlash uchun har tomonlama qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda. Barcha tuman va shaharlarda, qishloqlarda aholining barcha qatlami toʻyga oʻziga xos toʻyona tayyorlamoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarorida taʼkidlanganidek, “Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taʼminlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Biz uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan vazifalar – aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash, tadbirkorlik va xususiy mulk rivojiga keng imkoniyat ochib berish, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatishga qaratilgan dasturlarimizning ijobiy natijalari nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham eʼtirof etilmoqda.” Darhaqiqat bu yurtimizning har bir fuqarosiga gʻurur va iftixor, hayotdan mamnunlik tuygʻularini baxsh etmoqda.

Obod mahallalardan biri “Gulzor” mahallasida ana shu eng ulugʻ va eng aziz bayramimizni munosib kutib olishga qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda. Mahallada obodonchilik ishlari avj pallada. Shuningdek, mustaqillik bayrami arafasida rang-barang tadbirlar oʻtkazilmoqda. Mahalla faollari barcha tadbirlarda ishtiyoq va xushnudlik bilan koʻtarinki ruhda ishtirok etishmoqda. Nuroniylarning bosh-qoshligida bajarilayotgan obodonlashtirishlar tufayli hududga yanada fayz kirmoqda.

Tumanda mustaqillik yillarida bunyod boʻlgan mahallalardan boʻlgan “Gulzor” mahallasida bugungi kunda 625 xonadon boʻlib, ularda 812 oila yashaydi. Mahalla hududidagi 8 ta koʻchaga joylashgan xonadonlardagi aholi soni 3 ming 646 nafarni tashkil qiladi.

Ayni kunlarda mahalladagi “Istiqlol”, Avaz Oʻtar, Uygʻun nomli koʻchalarga tosh yotqizilmoqda. “Obod turmush”, Ogahiy va Usmon Nosir nomli koʻchalarda esa uylarning fasadlari qayta taʼmirlandi. Ayni kunlarda ushbu koʻchalarga tungi chiroqlar oʻrnatilmoqda.

Aholi farovon hayot kechirishi uchun barcha xonadonlarga sifatli tabiiy gaz va elektr taʼminoti, vodoprovod tarmoqlari orqali keladigan toza suv yetkazib berilgan boʻlib, ulardan beminnat foydalanilib kelinmoqda. Hududda joylashgan sartaroshxona, 1 ta tozalangan suv yetkazish, 2 ta avtomobil taʼmirlash va yuvish, 4 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalari, “Akfa” romlari va eshiklar tayyorlash tsexi, 2 ta toʻyxona, oziq-ovqat mahsulotlari, pishiriq va shirinliklar, kantselyariya va kiyim-kechak savdosi doʻkonlari nafaqat mahalla, balki tuman ahliga ham xizmat koʻrsatib kelmoqda. Fuqarolar yigʻini binosida tuman hokimligi va “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati tomonidan tashkil qilingan “Xalq kutubxonasi” esa keksa-yu yosh kitobxonlar uchun eng sevimli maskanga aylangan boʻlib, u yerda mahalla ahli mutolaa bilan shugʻullanishmoqda. Kutubxonaga tez-tez tashrif buyurayotgan kitobxonlar maʼnaviyatini boyitib, madaniy hordiq chiqarishmoqda.

Fuqarolar yigʻini raisining Yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Abbos Safarboyev boshchiligida mahalla yoshlari futbol boʻyicha “Mahalla kubogi” uchun oʻtkazilgan musobaqalarning barcha bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar va ayni kunlarda mahalla futbol jamoasi final bosqich musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishayapti. Mahallada bayramlar munosabati bilan yakka-yolgʻiz yashovchi va keksalar holidan xabar olinadi, ularga sovgʻalar beriladi. Faollardan Saʼdulla Eshmurodov, Madrahim Ollamberganov, Bahodir Avezov, Gulmirza Yermetov, Ikrom Sariboyevlar doim har xil tashabbus bilan chiqib, barchani xayrli ishlarga undashadi. Mahalladagi nuroniylar Tiluvboy aka va Gulchehra opa Abdullayevlar, Qurbongul opa Shomurodova, Oʻrinboy aka Sodiqovlar doim yoshlar va yosh oilalarga ibrat, maslakdosh boʻlib yashab kelishayapti.

Fayzli va obod goʻshada yashayotgan “Gulzor” mahallasi ahlining xotiri jam. Ular mahallada amalga oshirilayotgan yaratuvchanlik va bunyodkorlik ishlaridan mamnun. Xotirjam va oʻz turmushidan koʻngli toʻlib yashayotgan kishilarning esa hayoti fayzli oʻtadi, ishida baraka boʻladi. Bularning bari mustaqil Oʻzbekistonimizda insonlarning hayotdan rozi boʻlib yashashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli hamda hukm surayotgan tinch va osuda hayot, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikning sharofati, deya ishonch bilan aytish mumkin.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026