“Muzqaymoq party shou” kechasi barchaga birdek zavq bagʻishladi
“Qilichboy” madaniyat markazi tomonidan oʻtkazilayotgan “Muzqaymoq party shou” kechasi nafaqat yoshlarga, balki tumanimizning turli yoshdagi aholisiga ham nihoyatda manzur boʻlayotgan qiziqarli tadbirlardan biriga aylanmoqda. Tadbir davomida tomoshabinlar ishtirokida turli viktorinalar oʻtkazilib, ularga kecha tashkilotchilari tomonidan turli sovgʻalar taqdim etilmoqda. Tumanning isteʼdodli yoshlari tomonidan ijro etilayotgan qoʻshiqlar esa kechaga yanada fayz kiritmoqda.



14-iyul kuni shahrimizdagi xushmanzara joylardan biri boʻlgan Istirohat bogʻida tuman yoshlari uchun yana “Muzqaymoq party shou” kechasi tashkillashtirildi. Unga tumanimizning barcha hududlaridan turli yoshdagi yurtdoshlarimiz tashrif buyurishdi. Qilichboy, Kuyukkoʻpir, Oq oltin, Nazarxon, Qangli ovullari, Qipchoq shaharchasi, Mangʻit shahri va hatto tumanimizga qoʻshni Qirgʻiziston davlatidan mehmon boʻlib kelgan tomoshabinlar ishtirokida yana turli yutuqlarga boy boʻlgan viktorinalar, qiziqarli savol-javoblar oʻtkazildi. Kecha tashkilotchilari tomonidan yutuqqa qoʻyilgan kir yuvish mashinasi, velosiped, televizor, turli kitoblar va boshqa sovgʻalar oʻz egalarini topdi. Kecha davomida isteʼdodli sanʼatkor yoshlar tomonidan xushnavo, shoʻxchan qoʻshiqlar ijro etildi.



Sovgʻalarni yutuq egalariga “Qilichboy” madaniyat markazi mudiri Ikrom Siytimov hamda “Mangʻit Istirohat bogʻi” direktori, tadbirkor Sanamjon Nagimovalar topshirishdi.
Barchaga birdek zavq bagʻishlagan, yurtdoshlarimizni xushnud etgan “Muzqaymoq party shou” kechasi tizimli ravishda yana tashkillashtirilib boriladi.
Dildora Abdurahmonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶