Orol dengizining qurigan tubiga saksovul ekish ishlarida amudaryoliklar ham faol ishtirok etishayapti
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yilning 16-17-noyabr kunlari Qoraqalpogʻistonga tashrifi paytida Orol dengizining qurigan hududida 2019-2020-yillarda 500 ming gektar maydonda saksovulzor barpo etish yuzasidan topshiriq bergan edi.
Bugungi kunda Orol muhtaram Prezidentimizning ushbu topshirigʻini bajarish yuzasidan Orol dengizi oʻrnida koʻlamli ishlar amalga oshirilayapti.
Bu ishda mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelgan koʻplab ishchi va mexanizatorlar jonbozlik namunalarini koʻrsatishmoqda. Ular orasida bizning tumanimizdan ham koʻplab mexanizatorlar mehnat qilishayapti.
Biz Orol dengizining qurigan hududida saksovul ekishda faol ishtirok etayotgan amudaryoliklar bilan telefon orqali bogʻlandik.
– Orol dengizining qurigan hududida tashkil etilgan 2-shtab hisobida Amudaryo tumanidan 12 nafar mexanizator mehnat qilayapmiz, – deydi “Amudaryo agromashtrans MTP” MChJ mexanizatori Sodiq Qurbonboyev. – Biz “Magnum-167” va “Magnum-126” rusumli tarktorlarimiz bilan yerni chizellab berayapmiz. Undan keyin bu yerlarga AN-2 samolyoti yordamida saksovul urugʻi sepilayapti. Bu yerda ish jarayoni kun sayin avj olayotgani bizning gʻayratu shijoatimizni oshirayapti. Bu yerga men bilan birga kelgan kasbdoshlarim Madrim Qoʻchqorov, Pustam Qurbonboyev va Javlon Qoʻchqorovlar ham fidokorona mehnat qilmoqdalar. Biz oʻzimizga berilgan topshiriqni qisqa muddatlarda amalga oshirishga harakat qilayapmiz.
Biz yurtdoshlarimizning Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish yoʻlidagi harakatlarida gʻayratu shijoat tilaymiz.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶