18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 09:25
Jamiyat 👁 1,155

MADANIY MEROS OBʼEKTLARI – UMUMIY MULKIMIZ

MADANIY MEROS OBʼEKTLARI – UMUMIY MULKIMIZ

Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining Saylovoldi Platformasida tarixiy, madaniy va ilmiy-intellektual merosimizni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash, boyitish va ularni yanada koʻpaytirishga koʻmaklashish, oʻzbek xalqining boy tarixi va madaniyatini oʻrganish, ushbu boyliklarni oʻsib kelayotgan yosh avlod oʻrtasida keng koʻlamda targʻib qilish, yoshlar ongida tarixiy meros va urf-odatlarimizga chuqur hurmat tuygʻusini uygʻotish, mavjud madaniy yodgorliklarni, Oʻzbekiston shaharlarining tarixiy koʻrinishini saqlab qolishda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, tarixiy joylar, arxeologik yodgorliklarni butun insoniyat uchun qimmatli tarixiy esdaliklar sifatida asrab-avaylash va qayta taʼmirlash masalalari asosiy vazifalar sifatida belgilangan.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida tuman hududida mavjud boʻlgan arxeologik meros obʼektlarining bugungi kundagi ahvoli va ularni davlat muhofazasiga olish ishlarining natijasini oʻrganish maqsadida OʻzMTDPning xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi partiya guruhi tuman partiya Kengashi bilan birgalikda tegishli soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilib, joylarda oʻrganish ishlari olib borildi.

Jumladan, davlat muhofazasiga olingan moddiy-madaniy meros obʼektlari hamda tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan yangi aniqlangan koʻchmas mulk obʼektlari, moddiy-madaniy meros obʼektlari, davlat kadastrining yangilanadigan roʻyxatiga kiritish uchun tavsiya etilayotgan obʼektlar tuman hududida 15 tani tashkil etadi. Ular arxeologik yodgorliklar, arxitektura yodgorligi, monumental sanʼat yodgorliklari kabilardan iborat boʻlib, hammasi diqqatga sazovor joylardir.

davomida madaniy meros obʼektlarining hech biri davlat kadastr roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi aniqlandi hamda muhofazaga olingan obʼektlarni anglatuvchi belgilar qoʻyilmagan. Mangʻit shahrining Boyovul mahallasi hududidagi 2005-yilda qurilgan monumental sanʼat yodgorligi – Abu Rayhon Beruniyning byustida hozirgi kunda shoʻrlanib, nurash holatlari yuzaga kelganligi bois, qayta restavratsiyaga muhtoj. Qilichboy ovuli hududida joylashgan Qalʼajiq qoʻrgʻoni tarixan XIII-XIV asrlarga toʻgʻri keladi. Qoʻrgʻon 1981-yili mahalliy fuqarolardan biri Bekpoʻlat Avazmatov tomonidan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi arxeologlariga berilgan axborot tufayli fanda ilk bor maʼlum boʻlgan. Hozirgi kunda Qalʼajiq qoʻrgʻoni atrofi ekin maydonlariga aylanganligi sababli yer maydonini toʻla aniqlashning iloji yoʻq. Qalʼa joylashgan yer relefini oʻrganish orqali uning toʻrt burchakka egaligi va taxminan 3,5 gektar maydonni tashkil etishi maʼlum boʻldi. Hozirda mazkur hudud “Dilorom” koʻp tarmoqli xususiy firmasi tasarrufiga oʻtkazilgan boʻlib, ekishlik yer maydoni sifatida foydalanilib kelinmoqda.

Tuman hududidan davlat roʻyxatiga olingan Chordara mahallasi, Qilichboy, Xitoy, Boʻzyop ovullari hududida joylashgan 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar xotirasiga oʻrnatilgan yodgorliklar qarovsiz holga kelib qolgan hamda vaqtida obodonlashtirish ishlari olib borilmagan.

Bundan tashqari, ishchi guruh tomonidan Nazarxon ovuli hududidagi arxeologik yodgorliklardan Besh tub tepaligi, Nazarxon Ding minorasi, Nazarxon qalʼasi hamda Besh tom mahallasidagi Chilpiq arxeologik yodgorligi, Xoʻjakoʻl Ding minorasi, Xoʻjaniyoz biy tosh madrasasi, diqqatga sazovor joylardan Qipchoq ovuli hududidagi Hoji eshon bobo maqbarasi ham oʻrganildi. Oʻrganilgan har bir obʼektning oʻz tarixi, biz bilmagan siru sinoatlari borligi bizni hayratga soldi.

Darhaqiqat, oʻz tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham maʼnosizdir. Shunday ekan, ajdodlarimizdan meros boʻlgan muqaddas yodgorliklarimiz tarixini chuqurroq oʻrganib, asl tariximizni yuzaga chiqarish bizning kelajak avlod oldidagi burchimizdir.

Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, tuman hokimining 2016-yil 15-dekabrdagi qarori bilan “Tuman hududidagi madaniy meros obʼektlariga homiylik yordamini koʻrsatuvchi korxona, tashkilot va muassasalar biriktirilib, obʼektlarning atrofini obodonlashtirish, obʼekt nomlari yozilgan belgilarni oʻrnatish, muhofaza qilish va qayta taʼmirlash, ularning muhofaza hududlarini belgilash, qayta roʻyxatga olish, kadastr roʻyxatidan oʻtkazish topshirilganligiga qaramasdan, amalda qaror ijrosi taʼminlanmagan.

Madaniy meros obʼektlari – umumiy mulkimiz. Bu bebaho maʼnaviy merosni asrab-avaylab, kelajak avlodlarga bus-butun yetkazishga barchamiz masʼulmiz.

Shirin YaNGIBOYeVA, Oʻzbekiston Milliy tiklanish

demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026