TAShABBUSKOR YeTAKChI
Bolalar bilan ishlashish, ularning orzu-intilishlarini maʼnaviy ragʻbatlantirib borish “Kamalak” bolalar tashkiloti yetakchisidan alohida iqtidor talab etadi. Bu borada 31-sonli umumtaʼlim maktabining “Kamalak” bolalar tashkiloti yetakchisi Shahnoza Xoʻjamurodovaning izlanishlari, shaxsiy tajribasi va ish yuritish uslubi tahsinga loyiq.
Shahnoza opa maktabimizning jajji bolajonlari bilan shugʻullanishdan aslo charchamaydi. Darslarni past oʻzlashtiruvchi bolalar bilan esa oʻz tashabbusi bilan alohida dars-suhbatlar oʻtkazadi, qiziqarli sport musobaqalari, bolalarning xotiralarini charxlovchi mashgʻulotlar tashkil etadi.
Yaqinda Shahnoza opa “Kamalak” bolalar tashkilotining 17 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan bellashuvda “Yilning eng tashabbuskor yetakchisi” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi. Shuningdek, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil topganligining 1 yilligiga bagʻishlab Toshkent shahrida oʻtkazilgan qurultoyda ishtirok etib qaytdi. Biz Shahnoza opa Xoʻjamurodovaga bundan keyingi ishlarida zafarlar tilaymiz.
Maftuna GULMONOVA, 31-maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶