14.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.10.2026, 20:39
Jamiyat 👁 430

Arna boʻyi mahallasining faol yetakchisi tadbirkor yoshlarga yaqindan koʻmaklashmoqda

Arna boʻyi mahallasining faol yetakchisi tadbirkor yoshlarga yaqindan koʻmaklashmoqda

Mamlakatimizda yigit-qizlarning oʻz salohiyatini namoyon etishlari, tadbirkorlik tashabbuslarini roʻyobga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu imkoniyatlar natijasida jamiyat rivojiga hissa qoʻshishga intilayotgan, mahalladoshlariga oʻrnak boʻlayotgan faol va tashabbuskor yoshlar safi kun sayin ortib bormoqda. Bu borada ularga mahallalardagi yoshlar yetakchilari yaqindan amaliy yordam berib, qoʻllab-quvvatlab kelishmoqda.

Amudaryo tumanining Arna boʻyi mahallasi yoshlar yetakchisi Shahzod Nuratdinov ham oʻz xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashib, nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham mahalla yoshlariga yordam koʻrsatib kelmoqda. Zero, bugungi kunda mahallabay ishlash tizimida yetakchining roli faqat muammolarni oʻrganish emas, balki yoshlar bandligini taʼminlash va tadbirkorlik muhitini shakllantirishga hissa qoʻshishdan iboratdir.

Shahzod Nuratdinov mahallada yoshlar bilan bevosita muloqotda boʻlib, ularning orzu-intilishlari, muammolari va ehtiyojlarini yaqindan oʻrgandi. U yoshlar oʻrtasida ishsizlikni kamaytirish va ularni foydali mehnatga yoʻnaltirish uchun ularni avvalo kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb qilish lozimligini anglab yetdi. Sababi, tadbirkorlik faoliyatini boshlagan yoshlar kelgusida tengdoshlarini ham ish bilan taʼminlaydi. Shahzod Nuratdinov mahalla yoshlarining yetakchisi sifatida yoshlar orasiga kirib borib, bu borada faol targʻibot ishlarini yoʻlga qoʻydi. Natijada mahalla yoshlari orasidan tadbirkorlikka qiziquvchi yoki ishbilarmonlik bilan shugʻullanish qobiliyati boʻlgan yoshlar roʻyxatini tuzib, ular bilan doimiy aloqalarni yoʻlga qoʻydi.

Barno Hayitboyeva ham mahalladagi koʻplab yoshlar qatori ishsiz edi. Oilasiga daromad olib kirish maqsadida davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, hokim yordamchisining tavsiyasi bilan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Uning tadbirkorlikka qoʻyilgan ilk qadamlar yurtimizdagi mavjud imtiyozlar va qulayliklar bilan yanada mustahkamlandi.

Xususan, Prezidentimizning 2025-yil 14-fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 62-sonli qarori asosida Barno Hayitboyeva «Aloqabank», yaʼni «Yoshlar banki»ga murojaat qildi. Natijada, aylanma mablagʻni shakllantirish uchun hech qanday garovsiz, kafillarsiz, faqatgina sugʻurta polisi orqali 100 million soʻm miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻini qoʻlga kiritdi. Bu kabi moliyaviy koʻmak davlatning yoshlarga boʻlgan yuksak ishonchi ifodasi boʻlib, yangi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kredit mablagʻlarining soddalashtirilgan tartibda ajratilishi Barno kabi izlanuvchan yoshlarning oʻz rejalarini kechiktirmasdan amalga oshirishiga imkoniyat yaratmoqda.

Dastlab u mahalla hududida uyali aloqa va boshqa turdagi xizmatlar uchun toʻlov qabul qilish shoxobchasini ochdi. Ilgari bunday xizmatlardan foydalanish uchun uzoq masofa bosishga majbur boʻlgan mahalla ahli endilikda oʻz uylari yaqinida zarur toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Bu esa vaqt va mablagʻ tejalishiga xizmat qilibgina qolmay, hudud iqtisodiyotining rivojlanishiga ham hissa qoʻshmoqda. Eng muhimi, mazkur loyiha doirasida Shahzod ikki nafar tengdoshining bandligini taʼminlab, ular uchun doimiy daromad manbaini yaratdi.

Barno Hayitboyeva erishilgan natijalar bilan toʻxtab qolgani yoʻq va berilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda qisqa fursat ichida faoliyatini yanada kengaytirdi. Aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar turini koʻpaytirish maqsadida yangi gʻoyalarni hayotga tatbiq eta boshladi. U mahalla ahlining kundalik ehtiyojlarini tahlil qilib, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarmogʻini yoʻlga qoʻyishga qaror qildi. Shu maqsadda zamonaviy muzqaymoq ishlab chiqarish uskunasi hamda elektr pechlarini xarid qildi. Buning natijasida mahallada issiq non va non mahsulotlari tayyorlash xizmati yoʻlga qoʻyildi. Endilikda Arna boʻyi mahallasi aholisi uchun sifatli non mahsulotlarini mahallaning oʻzidan xarid qilish imkoniyati paydo boʻldi. Shuningdek, muzqaymoq ishlab chiqarish xizmati yoʻlga qoʻyilgani yozning issiq kunlarida yoshlar va bolajonlar uchun ayni muddao boʻldi.

Inson irodasi va mehnati davlat va jamiyat eʼtibori bilan birlashgan joyda har qanday maqsadga erishish mumkinligini Barno kabi shijoatli yoshlar oʻz faoliyati misolida koʻrsatib bermoqda. Uning faoliyati bugungi kun yoshlari uchun haqiqiy mahorat maktabidir. Barno Hayitboyeva misolida davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan oqilona foydalanib, mahalla rivoji uchun hissa qoʻshish va tadbirkorlik orqali nafaqat oʻzini, balki boshqalarni ham ish bilan taʼminlash mumkinligi amalda isbotini topmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026