SPORTÇI QIZLARGA — PREZIDENT SOVĞALARI
8-mart – xotin-qizlar kuni bayrami arafasida
mamlakatimizning barça şahar va tumanlarida umumtaʼlim maktablari, akademik
litsey va kasb-hunar kollejlarining 6 yoşdan 18 yoşgaça bölgan, sport bilan
şuğullanib kelayotgan öquvçi qizlarga Prezident sovğalari – sport kiyimlari
topşirildi.
Amudaryo akademik litseyining tennis kortida ötkazilgan
şunday tadbirda jamoat taşkilotlari vakillari, murabbiylar, taʼlim muassasalari
öquvçilari, sportçi qizlar va ularning ota-onalari iştirok etişdi.
Tadbirni tumanimiz hokimi Rajabboy Yöldoşev kiriş
sözi bilan oçdi va sportçi qizlarni, ularning murabbiyalarini 8-mart – Xalqaro
xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etdi, Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda
bolalar sportini rivojlantiriş borasidagi işlarning mazmun-mohiyati, bu borada
tumanimizda amalga oşirilayotgan işlar haqida gapirdi.
Taʼkidlandiki, tumanimizda ham sportni rivojlantiriş
sohasida bir qança işlar amalga oşirilmoqda. Natijada xalqaro va respublika
miqyosidagi turnirlarda iştirok etayotgan va köplab ğalabalarga erişayotgan
sportçilarimizning safi kengayib bormoqda.
Sportçi qizlarga Prezident sovğalari – sport kiyimlari tantanali ravişda
topşirildi. Tadbir tuman madaniyat va sport işlari bölimi tomonidan tayyorlangan
kontsert dasturi bilan kötarinki ruhda davom etdi.
Tantanali tadbirda Özbekiston Respublikasi madaniyat va
sport işlari vaziri Minhojiddin Hojimatov iştirok etdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶