Har millatning öz anʼanalari bor
Ayni paytda köpmillatli tumanimizda 10 ming nafardan ziyod qozoq millatiga mansub fuqarolar yaşaydi. Ularning öz dini, eʼtiqodlarini emin-erkin amalga oşirişlari, farzandlari öz ona tillarida taʼlim-tarbiya olişlari, urf-odat va anʼanalariga amal qilişlari uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan.
– Özbek oilalari bilan hovli-boğimiz tutaş şaroitda tuğilib ösganman, -deydi Qoraqalpoğiston Respublikasi Qozoq milliy madaniyati markazi tuman bölimi rahbari Ozod oğa Almuradov. – Heç bir masalada “seniki - meniki” degan tuşunça bölmagan. Bu yoğini sörasangiz ikki nafar qizim özbek oilalariga kelin bölişgan.
Amudaryo tumanida bunday oilalar juda köp. Qozoq töy-marosimlaridagi “bet oçar”, “kafgir kuydi”, “rapida kuydi”, “kelin salom” kabi marosim va urf-odatlar har bir özbek oilasi uçun ham qiziqarli va qadrli.
Hayit va bayramlarda qozoq oilalarida sergöşt töğrama, kurtuk, göştli patirak, çalpak, paşmak kabi taomlar tayyorlaşadi. Bu taomlar şunçaki tayyorlanmaydi, balki bekalar bunga alohida mehr va eʼtibor bilan qaraşadi.
Aksariyat qozoq oilalarida qozoq xalqining milliy çolğusi – dömbira va qöbiz juda qadrlanadi. Çunki, yoşlar qozoq milliy sozlaridan birini, albatta, çalib bilişi kerak, deb hisoblanadi.
– Qozoq kuylarining, qozoq folklorining sehrini tuyib ösgan farzandlar nafaqat sanʼatsevar, balki elsevar, vatanparvar, mard va jasur insonlar bölib ulğayişadi, – deydi Bözyop Madaniyat va aholi dam oliş markazi rahbari Madina Kenjaqarayeva. – Şuning uçun markazimizda özbek va qozoq kuylari, mumtoz musiqalarini yoşlarimiz jon-jon deb örganişadi. Ayniqsa, ovulimizning qozoq millatiga mansub yoşlari hozirjavoblikda, ölanlar, termalar, hatto dostonlar kuylaşda juda mohir.
Qozoq oilalarida mehmonning izzati juda bölakça. Xonadonga kelgan mehmon – qönoq alohida mehr bilan kutib olinadi va eʼtibor körsatiladi. Hatto mehmonga xizmat körsatayotgan oila aʼzolari mehmonning hurmati uçun uning huzuriga har gal kirib kelganlarida tavoze bilan salom berişadi va xonadan çiqişda orqaga yurib çiqib ketadilar, heç qaçon mehmon oldidan yuzini orqaga ögirib çiqmaydilar. Ana şu odatga amal qilişmasa, mehmonga hurmatsizlik hisoblanadi.
Oilada nevara, çevaralar tuğilişi alohida nişonlanadi. Bobo va buvi bölgan xonadon kattalari çaqaloqning bir qölidan bol(asal), bir qölidan sariyoğ yalaydilar. Maʼnosi – şu tuğilgan gödakning rizq-nasibasi uluğ, qöli-köngli oçiq bölsin, deganidir.
Bir söz bilan aytganda, Amudaryo tumanida yaşovçi qozoq millatiga mansub fuqarolar öz orzulari, urf-odat va anʼnalarini yanada boyitib, yangi avlodlar qalbiga singdirişda boşqa millat vakillari bilan tinç-totuvlik, mehr-oqibat va birodarlik riştalari bilan mustahkam boğlanganlarki, bu riştalar boqiy qadriyatlar kabi mangudir.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶