14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 04:26
Siyosat 👁 644

Til – millatning ruhi

Til – millatning ruhi

Til — har bir xalqning eng aziz boyligi, uning maʼnaviy poydevori, ruhiy asosidir. Qoraqalpoq xalqining ham asrlar davomida shakllanib, boyib, takomillashib kelayotgan ona tili bugun davlat maqomiga ega boʻlib, millatning mustahkam tayanchiga aylanib ulgurgan. 1-dekabr — Qoraqalpogʻiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilingan sana ana shu bebaho merosning yuksak eʼtirofi sifatida nishonlanadi.

Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimida koʻtarinki ruhda bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda davlat tilining ahamiyati, uning jamiyat hayotidagi oʻrni, shuningdek, tilni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritildi.

Tadbir avvalida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi boshligʻi Islom Matkarimov soʻzga chiqib, barchani bayram bilan tabrikladi. U davlat tili insonning oʻzligini anglashidagi oʻrni beqiyos ekanini, tilni asrab-avaylash va kelajak avlodga musaffo holda yetkazish — har birimiz zimmasidagi sharafli masʼuliyatligini taʼkidladi.

Bayram tadbiri tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan rang-barang kontsert dasturi bilan davom etdi. Ijodkorlar qoraqalpoq va oʻzbek tillaridagi kuy-qoʻshiqlar, joʻshqin raqslar va sahna chiqishlari orqali tomoshabinlarga yuqori bayramona kayfiyat ulashdilar. 

Qayd etish joizki, bugungi kunda dunyoda olti mingdan ortiq til mavjud boʻlsa-da, ularning atigi 170 dan ortigʻiga davlat tili maqomi berilgan. Ular qatorida qoraqalpoq tilining ham alohida eʼtirof bilan turishi xalqimiz uchun katta faxr va iftixordir. Bu maqom xalqimizning oʻzligini anglashida, milliy gʻurur va oʻziga xoslikni tiklashda, ajdodlar merosini asrab-avaylab, kelajak avlodlarga yetkazishda muhim tarixiy qadam boʻlib xizmat qiladi.

Soʻnggi yillarida qoraqalpoq tilini rivojlantirish, uning ilmiy asoslarini mustahkamlash, fonetika, leksikologiya va grammatika borasidagi tadqiqotlarni yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha muhim ahamiyatga ega qator ishlar amalga oshirildi. Tilning jahon miqyosidagi oʻrni va nufuzini oshirishga qaratilgan islohotlar natijasida sezilarli yutuqlar qoʻlga kiritildi. Bular qatorida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi qoʻllab-quvvatlashi bilan VII jilddan iborat “Qoraqalpoq tilining izohli lugʻati”ning nashr etilishi til taraqqiyotidagi yirik ilmiy voqea sifatida tarixga kirdi.

Tadbirda ijro etilgan milliy kuylarning jarangi, xalq raqslari va ikki tilning uygʻunligi tadbirga oʻziga xos jilo berib, ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi. Har bir sahna chiqishi qoraqalpoq tilining boyligi, milliy madaniyatning teran ildizlarini yana bir bor namoyon etdi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019