OILA QADRIYaTLARI – MUSTAHKAM OILANING ASOSI
Ayolning jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş, tadbirkorlikka keng jalb etiş, oila va oila institutini yanada mustahkamlaş va takomillaştiriş, onalik va bolalikni muhofaza etiş, ayol-qizlarning reproduktiv salomatligini yaxşilaş, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltiriş hamda erta turmuş qurişning oldini oliş masalalari bugungi kunda tuman xotin-qizlar qömitasi hamda Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tuman bölimining dolzarb vazifasi hisoblanadi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil, 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari tögrisida” gi Farmoni va uşbu Farmonga muvofiq işlab çiqilgan Davlat dasturida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati aynan şu kabi vazifalar ijrosini taʼminlaşdan iborat.
Yaqinda tuman xotin-qizlar qömitasi, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tuman bölimi, “Mahalla” jamoat fondi tuman bölimlari hamkorligida Nazarxon ovulida bölib ötgan yiğilişda yuqoridagi Prezident farmoni va Davlat dasturi doirasidagi vazifalarning amaliy ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi.
Yiğilişni tuman hokimi muovini, xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova oçdi va olib bordi.
Oşkora va samimiy muloqot tarzida bölib ötgan yiğilişda Maryam Ahmedova yoş oilalarni mustahkamlaşda keksa avlod vakillarining örni, oila tutumlari, oila qadriyatlari, urf-odat va anʼanalarini yoş avlod ongiga singdiriş, ularni milliy mentalitetimizdan kelib çiqqan holda yuksak insoniylik, vatanparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalaş, har bir bolaning mehnatsevar, odob-ahloqli, ilmga intiluvçan bölib voyaga yetişini taʼminlaş böyiça qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdi.
Şundan söng “Oila” ilmiy-amaliy markazi tuman bölimi raxbari Gulşod Yusupova oilada qiz bola tarbiyasi, erta turmuş qurişning, qarindoşlar nikohining zararli oqibatlari va bunday nomaqbul nikohlarning oldini oliş böyiça öz fikr-mulohazalarini bildirdi. Şu barobarida, farzandlarimizning imon-eʼtiqodli, iboli va hayoli, intizomli bölib voyaga yetişlarida oilada ota-onalik vazifalari xususida hayotiy misollar orqali tuşunçalar berdi.
Yiğilişda iştirok etgan xududdagi fermer xöjaliklari raxbarlari, taʼlim, madaniyat va tibbiy muassasalar xodimlari, işlab çiqariş korxonalari raxbarlari hamda ovulning köpni körgan ibratli oilalar sohiblari, obröli uy bekalari, şuningdek yoş oilalar aʼzolari ovul ahli amal qiladigan va hamişa qadrlaydigan urf-odatlar, anʼana va qadriyatlarni ösib kelayotgan yoş avlod qalbiga singdiriş, ovul yoşlari örtasida tadbirkorlik, işbilarmonlik muhitini yaratiş va şu asosda böş iş örinlari sonini köpaytirib, yoşlarning bandligini taʼminlaş yuzasidan özlari amalga oşirayotgan işlar va yangi rejalar haqida özaro fikr almaşdilar.
Guljahon IBRAGIMOVA, tuman xotin-qizlar qömitasining
xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda
maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş
böyiça mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶