18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 09:23
Jamiyat 👁 1,056

YaXShILAR YoDI ZAVOL BILMAYDI

YaXShILAR YoDI ZAVOL BILMAYDI

Yaxshi insonlarning umri tugamaydi, balki qalblarga, xotiralarga koʻchadi. Butun umrini xalq xizmatiga, sanʼatga baxshida etgan betakror sozanda, zarb usullari ustasi, jonkuyar ustoz Rajabboy Bobojonovning hayoti bunga misol boʻla oladi.

U umr boʻyi Respublikamizdan tashqari Xorazm viloyati, Turkmaniston Respublikasi sanʼat shinavandalarini oʻz sozi, yoqimli ovozi bilan bahramand etib yashadi, zarbli cholgʻularni eng nozik pardada, inson ruhiyatidagi mudroq tuygʻularni ham junbushga keltira oladigan darajada chalib, bu borada oʻziga xos maktab yaratgan inson.

Ustoz sanʼatkor Mangʻit shahrining hozirgi Navoiy mahallasida 1927-yilda dunyoga kelgan. Oʻrta maktabni tugatgach, avval haydovchilik qilgan, sanʼat sohasidagi faoliyati 1965-yildan boshlangan. Dastlab, Madaniyat uyida xodim, soʻng “Uchqun” ashula va raqs dastasi rahbari lavozimida ishlagan. Bozorgul Sherimbetova bilan turmush qurib, 9 nafar farzandni ilmli, kasb-hunarli qilishgan.

Ot izini toy bosar, deganlaridek, oʻgʻli Hamza Bobojonov ota kasbining davomchisi sifatida 9-sonli BMSMda musiqa oʻqituvchisi boʻlib ishlab, nafaqaga chiqdi. Nevarasi Oʻtkirbek Bobojonov esa ayni shu maktabda hozir yoshlarga sanʼat sirlarini oʻrgatmoqda.

Rajabboy Bobojonovning faoliyatini beqiyos isteʼdod sohibi, xalqimiz qalbida oʻz qoʻshiqlari bilan oʻchmas iz qoldirgan Nazir Rahimov va sozanda Usmon Ahmedov faoliyatidan ayro tasavvur etish qiyin. Ular uchovi goʻyo bir butun edi, charchashni, xizmatini minnat qilishni yo xizmatiga haq aytishni bilishmasdi.

Rajabboy Bobojonov “Uchqun” ashula va raqs dastasiga rahbarlik qilish barobarida, Nazir Rahimovning doirachisi, qoʻshiqlarini eng avj pardaga koʻtarishda joʻrovoz hamkori edi.

Oʻtgan asrning 70-yillarida Nazir Rahimov, Rajabboy Bobojonov, Usmon Ahmedovlarning tumanda oyogʻi tegmagan hudud yoʻq, degan gap yurardi. Chindan-da, bu hokisor insonlar chorlaganning toʻyida, kontsertlarda elga xizmat qilishdan charchamagan, shinavandalarining koʻnglini olishni oʻzlariga ulkan baxt deb bilishgan.

Yaqinda tuman Madaniyat boʻlimi tomoshalar zalida benazir ustoz sanʼatkor Rajabboy Bobojonovning xotira kechasi oʻtkazildi.

Avvalo shu oʻrinda tuman Madaniyat boʻlimi maʼmuriyatining soha rivojiga ulkan hissa qoʻshib, hayotda oʻzidan ulkan maʼnaviy saboq qoldirgan insonlarni xotirlab, ularning sobiq kasbdoshlari, oila aʼzolari, doʻstlari ishtirokida ana shunday tadbirlarni oʻtkazib kelayotgani eʼtiborga loyiq ekanligini aytish joiz. Bu sanʼat sohasini tanlagan yoshlar uchun sanʼatning, sanʼatkorning qadr-qimmatini chuqur anglashlari uchun ibrat desak, xato boʻlmas.

Rajabboy Bobojonovning hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan xotira kechasida farzandlari, soha xodimlaridan tashqari, tumanimizning jamoat tashkilotlaridan vakillar, sanʼatkorning kuy-qoʻshiqlarini hurmat-ehtirom bilan eslaydigan muxlislari, doʻstlari, shogirdlari ishtirok etdilar.

Ulkan anjuman tusini olgan xotira kechasida soʻz olgan ilk shogirdlaridan biri, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Gulmirza Nurmatov Rajabboy Bobojonovning tumanimiz sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasini, elga qilgan xizmatlarini soʻz bilan ifodalash qiyin, deb taʼkidladi.

- Bir voqeani aytay, kech kuzakda, tongda armiyadan keldim. Hademay xabar topib, Nazir aka Rahimov, Rajabboy aka Bobojonov, Usmon aka Ahmedovlar uyimizga kirib kelishdi. Ota-onamga “Koʻz oydin” aytib, ozgina oʻtirishdi-da, otamga qarab Rajabboy aka:

- Kuz oxirlayapti, hali tumanning paxta rejasi bajarilishiga ancha bor. Kolxozchilarga hormasinga ketayotgan edik, oʻgʻlingizni ham olib ketsak, - dedi. Otam bizni duo qilib qoldilar.

Shu kuni necha xoʻjaliklarda, dala boshida necha joyda kontsert qoʻydik, esimda yoʻq, esimda bori - qorongʻi tushib, yulduzlar charaqlab turgan vaqtda uyga qaytdik. Kelsam, meni koʻrgani kelgan qarindoshlarim, doʻstlarim tarqalishib boʻlishgan ekan. Men ana shunday hokisor ustozlar yetovida yurib, sohaga hissa qoʻshganimdan juda baxtiyor hisoblayman oʻzimni.

Tadbirda koʻngil qatlaridagi xotiralar tilga olindi. Shogirdlarning dil ehtiromi aks etgan qoʻshiqlari davraga oʻzgacha ruh bagʻishladi. Ayniqsa, Rajabboy Bobojonovning oʻgʻli, Hamza Bobojonovning ijrosidagi qoʻshiqlarni yigʻilganlar miriqib tingladilar.

Xotira! Koʻngillarimizga koʻchgan yaxshilar yodini ana shunday nom bilan ataymiz, eslaymiz, sogʻinamiz.

Ha, ibratli umr sohibi Rajabboy Bobojonov ham koʻngillarimizda barhayot.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026