“KAMALAK”NING XVII ANJUMANIDA YeTAKChI VA SARDORLAR TAQDIRLANDI

Oʻz safiga koʻplab oʻquvchi-yoshlarni birlashtirgan “Kamalak” bolalar tashkiloti yurtimiz yoshlarini har tomonlama yetuk va barkamol insonlar qilib voyaga yetkazish yoʻlidagi keng koʻlamli ishlarda munosib ishtirok etib kelmoqda.
Yaqinda tashkilotning XVII anʼanaviy anjumani oʻtkazildi. Tuman Madaniyat va aholi dam olish markazida boʻlib oʻtgan anjumanda Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi masʼullaridan tashqari sardorlar, tashkilot yetakchilari va faol aʼzolari ishtirok etdilar.
Anjumanda “Kamalak” tashkiloti faoliyatiga doir hisobot maʼruzasi va muzokaralardan soʻng, sardor va yetakchilarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi. “Eng chaqqon yetakchi” , “Eng bilimdon yetakchi”, “Eng shijoatli yetakchi”, “Eng bunyodkor yetakchi” kabi nominatsiyalar boʻyicha yil davomida oʻz vazifalarini uddalash bilan birga fidoyiligini koʻrsatgan faollardan 18 nafari taqdirlandi. Ulardan tashkilotning 36-maktab yetakchisi Nigora Bozorboyeva “Yilning eng ijodkor yoshlar yetakchisi”, maktabning 8-sinf oʻquvchisi Diyora Gulmirzayeva “Eng namunali ittifoq sardori” nominatsiyalari gʻoliblari deb topildilar.
Anjuman ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Javlonbek Yoʻldoshev, Yoshlar ittifoqi
tuman Kengashi Press klub yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶