Jamiyat
👁 830
Nogiron bolalarga mehr-eʼtibor koʻrsatildi
28-may kuni Oʻzbekiston nogironlar uyushmasining tuman Nogironlar jamiyati tashabbusi bilan tuman hokimligi, xalq taʼlimi, madaniyat boʻlimlari va “Barkamol avlod” bolalar markazi va saʼnat maktablari hamkorligida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlab tadbir oʻtkazildi.
Tadbirga 40 nafar imkoniyati cheklangan, nogironligi boʻlgan bolalar taklif qilindi. Ularga bayram munosabati bilan alohida mehr – eʼtibor koʻrsatilib, sovgʻa-salomlar berildi.
9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari oʻzlarining dilrabo kuy-qoʻshiqlari, raqslari bilan bolajonlarga bayram kayfiyatini ulashdi.
Tadbir ishtirokchilari bu kabi mehr-eʼtibordan xursand boʻldilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶