18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 09:26
Jamiyat 👁 717

UNING NOMI XOTIRALARDA MANGU YaShAYDI

UNING NOMI XOTIRALARDA MANGU YaShAYDI

1992-yilning yozida boʻlib oʻtgan bir voqea hamon yodimda. Oʻsha kuni muharririmiz Xonimjon opa Rajabovaning taklifiga koʻra tahririyatimizga mustaqillik sharofati bilan haj ziyoratini ado etishga musharraf boʻlgan tumanimizning ilk hoji onasi, mehnat faxriysi Halima Matniyozova mehmon boʻldilar.

Muharrirning ulkan xonasida tahririyat va 4-bosmaxona mehnat jamoalari aʼzolari barchamiz onaxonning haj ziyorati taassurotlarini berilib tingladik, hoji onaga havasimizning cheki yoʻq edi. Chunki bunday imkoniyat, istiqlolning ilk yillaridagi iqtisodiy nochorliklar esingizdadir, koʻpchilik uchun orzu edi.

Suhbat tugagach, onaxon bizning ishimizga baraka, yurtga tinchlik-omonlik tilab xayrlashdilar, sizlarni ham farzandlaringiz ana shunday qutlugʻ safarga yuborgay, deb duo qildilar.

Onaxonni haj ibodatiga yoʻl olishga farzandlari undagan ekan-da, degan oʻy xayolimga keldi mening. Yana bir eʼtiborimni tortgani – hali tetik va harakatchan onaxonni tahririyatga oʻgʻli olib kelib, qoʻlidan tutib olib ketgani boʻldi. Koʻpchilikning koʻnglidan shu damlarda oʻgʻling shunday mehribon boʻlsa, degan oʻy oʻtgani shubhasiz.

Oʻsha oʻgʻil – tumanimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ajoyib inson, gazetamizning hamkorlaridan biri Muhammadsoliy Sodiqov edi.

U nafaqat oilasiga gʻamxoʻr, balki uzoq yillar turli masʼuliyatli lavozimlarda ishlab, tumanimiz hayotida ham munosib iz qoldirgan insondir.

Muhammadsoliy Sodiqov 1954-yilda tugʻildi. Oʻrta maktabni tugatgach, mahalliy sanoat kombinatida, Mangʻit paxta tozalash zavodida ishchi boʻlib ishladi. 1974-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutiga oʻqishga kirdi va 1978-yilda tugatib, iqtisodchi mutaxassisligiga ega boʻldi.

1978-yildan boshlab, Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish kombinati kassiri, bosh muhandisi, “Resbitximchistka” tuman shoxobchasi boshligʻi, “Shveytrikotaj” ishlab chiqarish korxonasi boshligʻi, tuman Matlubot jamiyati boshqaruvi raisi, “Amudaryo” asalarichilik xoʻjaligi boshqaruvi raisi, “Doʻstlik” xoʻjaligi tashqi boshqaruvchisi, “Doʻstlik” MMTP raisi, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi vazifalarida samarali faoliyat olib bordi. Qaysi sohada, qanday lavozimda ishlamasin, mehnat jamoasi gʻamxoʻri, tuman matbuotining beminnat hamkori boʻldi.

Afsus, shunday ajoyib insonning umri qisqa ekan. U 55 yoshida 2009-yilda olamdan oʻtdi. Keyinchalik faxriy jurnalist, shoir Saʼdulla Xoʻjaniyozov u haqda:

Seni sanar edik qatorda nor, deb

Yordamga muhtojning yonida bor, deb...

– deya yozgani ham bejiz emas.

Ha, insonlar boʻladiki, vafotidan soʻng ham tirikligida qilgan ezgu amallari tilga olinaveradi, nomi tildan tushmaydi.

Muhammadsoliy Sodiqov ham taʼbir joiz boʻlsa, ana shundaylar sirasidan edi. U kishi bilan hamnafas boʻlgan, yaqindan tanigan borki, yaxshi soʻzlar bilan tilga oladi nomini.

U kishidan endi ana shunday xotiralar, ota diydoriga toʻymay qolgan, ishlarining davomchilari boʻlgan farzandlar qoldi.

Yurtimizda 9-may – Xotira va qadrlash kunini keng nishonlashga hozirlik koʻrilayotgan shu damlarda tumanimizning bir fidoyi oʻgʻloni Muhammadsoliy Sodiqovni eslab qoʻyishni oʻz burchimiz deb bildik.

Ha, yaxshilar nomi oʻchmaydi. Yillar osha xotiralarda bir ibrat boʻlib yashayveradi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026