18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 05:46
Jamiyat 👁 1,331

MAROQLI SAFARDAN QUVVAT OLDIK

MAROQLI SAFARDAN QUVVAT OLDIK

Prezidentimizning Farmon va qarorlari bilan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida oʻquvchi va talabalar, mehnat faxriylari, ishchi-xizmatchilar, mahallalar faollari va barcha aholi qatlami uchun mamlakatimiz boʻylab maroqli sayohatlarga chiqish imkoni yaratildi, sayyohlik firmalariga va sayohatga chiquvchilarga qator imtiyozlar berildi. Ana shu qulaylik va imkoniyatlar bizni Navroʻz bayrami kunlarida mamlakatimizning tarixiy, madaniy-maʼrifiy hamda ekologik hududlari tomon sayohatga chorladi.

Joriy yilning 19-22-mart kunlari mamlakatimizning tarixiy Samarqand va Buxoroi Sharif shaharlari boʻylab sayohatga chiqqan ijodkor-jurnalistlar qadim va hamisha navqiron shaharlarning osori atiqalari ila uygʻunlashib taraqqiy etgan bugungi jamolidan cheksiz bahra oldilar.

Dastlab daryo toʻlqinlarini eslatuvchi ziyoratchilar oqimiga qoʻshilib, muhtaram Birinchi Prezidentimizning ruhi mangu orom topgan makonga qadam qoʻydik. Tumonat izdihom ichra Islom Karimov maqbarasi qarshisida taʼzim qilarkanmiz, ming-minglab yurtdoshlarimizni bu tabarruk maskanga eltgan samimiyat taftini butun vujudimiz ila his etdik, goʻyo.

Aql-zakovatda, malohatda benazir malika – ulugʻ sohibqiron Amir Temur hazratlarining zavjalari – Bibixonim – Saroy Mulk Xonim sharafiga sohibqiron bobomiz tomonidan bunyod etilgan mahobatli madrasa va Bibixonim maqbarasida bir zum sukut saqlab, yana ulugʻlar haqiga tilovatlar qildik.

Registon maydonidan oʻtib, yengilmas sarkarda, buyuk Amir Temur maqbarasi tomon yuzlandik. Goʻyo ulugʻ zotning salobati bosgan kabi bu yerda hozir boʻlgan ziyoratchilar ohista, sassiz qadam tashlaydilar. Temurshohning qabri ustiga qurilgan naqshinkor qubbali gumbaz va maqbara bilan qabr oraligʻida ajib nur! Goʻyo bu nur oʻtmish bilan bugungi dorilomon zamon osmonini tutashtirib turgan kabi sirli.

Shahar koʻchalarini yayov kezgan sari dillar poklanib, koʻngillar yayraydi. Ilmi-nu-jum pir-u komili Ulugʻbek rasadxonasi ziyoratidan qalblar yanada tozardi, aqlimiz ravshanlashdi.

Navroʻzi ayyom shodiyonalarini samarqandliklar va minglab mehmon-u sayyohlar, ziyoratchilar bilan nishonladik. Quyosh hamal burjiga kirayotgan 20-mart kuni kechqurun jamoamiz bilan Hazrati Dovud (a.s) ziyoratgohiga yetib keldik. Soʻlim va musaffo togʻ havosi yoʻl charchoqlaridan bizni forigʻ etib, ruhitanimiz orom topdi.

Erta tongdan togʻ boshiga oshiqdik. 1274 ta zinadan ohista yuqoriga koʻtarilishni boshladik. Hech kim: “men bu zinalardan, chiqa olmayman”, demadi. Keksa-yu yosh zinalarni bir-bir bosib, charchoqni unutib, tobora yuqori koʻtarildilar...

***

Koʻhna Buxoro. Minorai Kalon, dunyoga mashhur allomalar zakovatini charxlagan Mir Arab madrasasi, bir vaqtning oʻzida minglab namozxonlar ibodat qilishga qodir jomʼe masjidi va koʻplab tarixiy inshootlar bilan tanishgach, Ark tomon yoʻnaldik. Ark – Buxoroi sharif ichra shaharcha. Hamon qadimiy goʻzal salobatini yoʻqotmagan koʻhna Ark darvozasiga yaqinlasharkanmiz, hamrohimiz, bizni Buxoroi sharif obidalari tarixi va buguni bilan tanishtirayotgan tarixchi-gid Zohirjon:

– Qarang, buxoroliklarning kechki Navroʻz sayli boshlanayotir, – dedilar.

Haqiqatan ham Ark darvozasi oldidagi maydon yorqin chiroqlar yogʻdusida yanada goʻzal qiyofa kasb etgan, sahnada Buxoro yoshlari ijrosidagi bayramona kuy-u qoʻshiqlar avjida edi. Faqat buxoroliklarga xos biri-biridan goʻzal liboslar kiyib, yasangan yoshlar, keksalar davrasida kechki Navroʻz saylida ishtirok etdik. Garchi kech kirib qolgan boʻlsa-da, Ark ichkarisiga kirishimizga ruxsat berishganidan, bu yerda viloyatlardan kelgan ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar muhayyoligidan xursand boʻlib, Arkni aylandik. Buxoroning soʻnggi hukmdori Amir Olimxon taxti, Ark xonaqohlari, masjidini tomosha qildik. Buxoro koʻchalarini charogʻon aylab, koʻngillarga xotirjamlik, quvonch baxsh etib turgan rangin chiroqlar yogʻdusida kechki Navroʻz sayli tantanalaridan olam-olam bahra oldik.

Nihoyat... koʻngillarimiz osmon qadar yuksaldi. Ona yurt jamolidan, jannatmakon bogʻ-u chamanlar, purviqor togʻlar havosidan vujudimiz tozardi. Qadim Buxoroi sharif bilan xayrlashdik.

Albatta, Oʻzbekiston boʻylab sayohatni Alloh ravo koʻrgan yana bir qutlugʻ kunda yana va yana davom ettirishni niyat qildik. Va ... Besh kunlik hordiq, maroqli sayohatdan soʻng xush kayfiyat bilan ijodga shoʻngʻidik.

Mangʻitdan nariga bir qadam qoʻyib,

Ona yurt havosin simirdik toʻyib.

Aslida eng avval Vatanni suyib,

Vatanni tanimoq ulugʻ saodat,

Va qalbni poklamoq–qutlugʻ ibodat!

Azizlar, avvalo el-yurtga taʼzim –

Otaga taʼzimdir, onaga taʼzim.

Ahli odam uchun eng ulugʻ, azim,

Aziz Vatan deya qiling qiroat,

Har zarra tuprogʻin eting ziyorat!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026