Jayhun mahallasida aholi bandligini taʼminlaş maqsadida va tadbirkorlik loyihalari qöllab-quvvatlanmoqda
Amudaryo tumanining Jayhun mahallasida bugungi kunda 3946 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahalladagi mavjud mehnat resurslarini töğri yönaltiriş va yangi iş örinlarini yaratiş maqsadida 2026-yil uçun aniq va manzilli rejalar işlab çiqilgan. Joriy yilda jami 70 nafar fuqaroning bandligini taʼminlaş maqsad qilingan bölib, bu orqali hududdagi 52 nafar işsiz hamda mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoşlarning doimiy daromad manbaiga ega bölişi közda tutilgan. Bu jarayonda 2025-yil 19-martdan buyon mahallada faoliyat yuritib kelayotgan hokim yordamçisi Xursand Hayitboyevning hissasi katta.
Mahalla uçun “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 2026-yilga jami 1,384 milliard söm miqdoridagi imtiyozli kredit limiti ajratilgan. Hozirgi kunga qadar uşbu mablağlar hisobidan işlab çiqariş, xizmat körsatiş va çorvaçilik yönalişlarini rivojlantiriş maqsadida 50dan ortiq işsiz fuqaroga 700 million sömdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratildi.
Mahallada yaşovçi Alişer Abdullayev uşbu dastur asosida 33 million söm imtiyozli kredit olib, milliy non va patirlar tayyorlaş faoliyatini yölga qöydi. U ajratilgan mablağ evaziga zamonaviy peç va xamir tayyorlaş uskunalarini xarid qilib, öz oilaviy tadbirkorligini muvaffaqiyatli boşladi.
Dehqonçilik va çorvaçilikka ixtisoslaşgan uşbu mahallada tomorqadan unumli foydalaniş böyiça ham samarali işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, Maʼrifat köçasida istiqomat qiluvçi Bekbergan Tulubayev ajratilgan imtiyozli kredit hisobidan öz tomorqasining 7 sotix maydonida zamonaviy issiqxona barpo etdi. Tadbirkor uşbu maydonning 5 sotixiga bodring, qolgan 2 sotixiga esa pomidor köçatlarini ekkan. Buning natijasida u hozirgi kunda har oyda 4 tonna bodring va 3,5 tonna pomidor yetiştirib, mahalliy bozorlarni sifatli qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan taʼminlaşga hissa qöşib kelmoqda.
Bu kabi tizimli saʼy-harakatlar mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaş va kambağallikni qisqartirişda özining yaqqol natijasini bermoqda. Hozirda mahalladagi kambağallik reyestrida 48 ta oila röyxatda turadi va yuqorida taʼkidlangan tadbirkorlik loyihalari, imtiyozli kreditlar hamda subsidiyalar ajratiş orqali joriy yilda 30 ta oilani uşbu röyxatdan çiqariş çoralari körilmoqda.
Jayhun mahallasida olib borilayotgan bunday keng kölamli va manzilli işlar aholi bandligini taʼminlaş, ularning daromadlarini oşiriş hamda hududning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirişga xizmat qilib, mahalladoşlarning farovon hayoti uçun mustahkam zamin yaratmoqda.
Maqset Habibullayev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶