Mahalla koʻprigi qayta tiklandi



Navroʻz umumxalq bayrami arafasida Mangʻit shahrida yangidan tashkil etilgan “Farovon” mahallasi aholisi bir qancha obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishga muvaffaq boʻldilar. Mahalla aholsining uyushqoqlik namunalarini koʻrsatib harakat qilishlari natijasida koʻchalar, hovlilar atroflarini tartibga keltirilib, suv yoʻllari tozalandi va koʻplab mevali hamda manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.
Ayniqsa Navroʻz bayrami arafasida “Farovon” mahallasi bilan qoʻshni “Yangiobod” mahallasi oʻrtasidan oqib oʻtadigan markaziy kollektor ustiga qurilgan koʻprikning yangilanishi quvonchli voqea boʻldi.
Koʻprikni qayta taʼmirlash ishlariga mahalla faollaridan Ozodboy Ahmedov, Gulmirza Amatov, Quvonch Boymuratov, Soatboy Qulmuratov, Pustam Allaqulov va Oʻrozimbat Yakubovlar bosh-qosh boʻlishdi.
Bu ishda payvandchilar Adilboy Davlatboyev va Javlonbek Davlatboyevlar fidokorona mehnat qilishib, koʻprikning tez va soz taʼmirlanishiga munosib hissa qoʻshdilar.
Oʻn million soʻmdan sal oshiqroq mablagʻ evaziga qaytadan tiklangan ushbu koʻprik mahalla aholisi hamjihatligining namunasi boʻldi, desak aslo yanglishmaymiz.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶