06.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
06.10.2026, 11:06
Jamiyat 👁 1,392

DAVLAT DASTURIDA ULUGʻVOR REJALAR BELGILANGAN

DAVLAT DASTURIDA ULUGʻVOR REJALAR BELGILANGAN

Prezidentimizning joriy yil 22-yanvardagi Farmoni bilan “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi. Dastur doirasida 37 ta Qonunni ishlab chiqish, 142 ta normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish, shuningdek, turli sohalarni qamrab oladigan 52 ta chora-tadbirni

amalga oshirish koʻzda tutilgan. Davlat dasturida “Har bir davlat xizmatchisi har kuni oʻzining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart”, degan qoidani roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Muxbirlarimiz Davlat dasturining mazmun-mohiyati va ahamiyati, unda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda deputatlarning oʻrni haqida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan bir guruhini suhbatga chorladi. Demak, soʻz deputatlarga!

Madamin KAZAKOV:

Dasturning 1-bobi «Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari» deb nomlanib, unda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat, jamoatchilik boshqaruvi tizimlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan.

Saylov Kodeksi loyihasini ishlab chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxati axborot tizimini takomillashtirish va «Elektron hukumat» tizimi doirasida butun respublika boʻyicha joriy etish, «Davlat xizmati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish, davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish va «Yagona darcha» tamoyili asosida qoʻshimcha ravishda yuridik shaxslarga 40 turdagi, jismoniy shaxslarga 19 turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini joriy etish shular jumlasidandir.

Dasturga muvofiq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini soddalashtirish, «Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasini qabul qilish nazarda tutilmoqda.

Endilikda nodavlat OAVlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat fondi tashkil etiladi, fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari saylovi jarayoni takomillashtiriladi.

Bu kabi ishlar davlat va jamiyatning yanada taraqqiy etishiga xizmat qiladi.

***

Sanobar XOʻJAMURODOVA:

Dasturning ikkinchi bobida Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlarni amalga oshirish belgilangan.

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash maqsadida Fuqarolarning qiynoqqa solinishi yoki boshqacha tarzdagi qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqlardan himoyalanish kafolatlarini kuchaytirish, doimiy va vaqtincha roʻyxatga qoʻyish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish, «Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

Maʼmuriy, jinoyat va fuqarolik protsessual qonunchilikni takomillashtirish, jinoyat qonunchiligini yanada liberallashtirish, «Huquqni muhofaza qiluvchi organlar toʻgʻrisida»gi, «Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari loyihasini ishlab chiqish koʻzda tutilmoqda.

Dasturda nazarda tutilgan ichki ishlar organlarining yoʻl-patrul va patrul-post xizmatlari barcha xodimlarini videokameralar bilan taʼminlash, fuqarolarning jamoat tartibini saqlashdagi ishtirokini taʼminlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish kabi vazifalar jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirishga xizmat qilishi bilan yanada ahamiyatlidir.

Bir soʻz bilan aytganda, dasturning ushbu bobi oʻtgan yilgi Davlat dasturning mantiqiy davomi boʻlib, davlat organlarining xalq manfaatlariga xizmat qilishi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ustuvor vazifa qilib belgilash kabi konstitutsiyaviy tamoyillarning hayotiy ifodasidir.

***

Ilhom POLVONOV:

Dasturning uchinchi boʻlimida iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarga eʼtibor qaratilgan.

Jumladan, yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish uchun ilgʻor gʻoya, nou-xaular yaratish va “aqlli” texnologiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan iqtisodiyotning yangi modeliga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishi koʻzda tutilgan. Mahalliy mahsulotlar eksport hajmini oshirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, mamlakatning investitsion va turistik jozibadorligini oshirish, pul-kredit siyosatini amalga oshirish va uni rivojlantirish, aholi va tadbirkorlik subʼektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirish boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladi.

Mamlakat ichki bozorida isteʼmol tovarlari va xizmatlar boʻyicha narxlarning keskin ortishining oldini olish hamda byudjet daromadlari va xarajatlarning xalq uchun ochiq va oshkora boʻlishini taʼminlash ham koʻzda tutilgan.

Soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish, bojxona qonunchiligini tubdan takomillashtirish, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni ragʻbatlantirish, ichki turizmni tizimli rivojlantirish, ziyorat turizmini sohaning istiqbolli yoʻnalishi sifatida rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish choralarini koʻrish, namunali fermer xoʻjaliklarini sayyohlarga xizmat koʻrsatishga moslashtirish kabilarga ham eʼtibor qaratilgan.

Dasturda ilgʻor xorijiy davlatlarning tajribasiga asoslangan holda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish belgilangan.

Dasturga muvofiq endilikda iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish boʻyicha tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini tekshirish tizimini qayta koʻrib chiqish boʻyicha loyiha ishlab chiqiladi.

Davlat dasturida Oʻzbekistonni rivojlantirishning yoʻnalishlari ravshan belgilab berilgan. Har birimizning uni amalga oshirishda faol boʻlishimiz, davlatimiz taraqqiyoti va istiqbolini kafolatlaydi.

***

Shirin YaNGIBOYeVA:

Avvalo, shuni aytish kerakki, Davlat dasturi loyihasi 10-20-yanvar kunlari aholi oʻrtasida keng va atroflicha muhokama qilindi va bu jarayon davomida fuqarolardan 4,4 mingta taklif va sharh kelib tushdi, ulardan Davlat dasturini takomillashtirishda foydalanildi.

Dastur loyihasi tumanimizda ham keng jamoatchilik tomonidan qizgʻin muhokama qilinib, koʻplab fikr va takliflar bildirilgani, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida muhim hujjatlar demokratik asosda, xalq fikri va xohish-irodasini oʻrgangan holda qabul qilinayotgani, olib borilayotgan davlat siyosati hayotiy va xalqchil ekanidan dalolat beradi.

Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining toʻrtinchi boʻlimi ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishni nazarda tutadi.

Jumladan, ijtimoiy himoya qilish va fuqarolar sogʻligini saqlashni yanada kuchaytirish, ijtimoiy dorixonalarning rivojlangan tarmogʻini yaratish, aholi bandligi va fuqarolarning real daromadlarini oshirish, “isteʼmol savatchasi”ni aniqlash, ijtimoiy uy-joylar qurilishini kengaytirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini va nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama manzilli qoʻllab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlar belgilangani xalqimizga yanada manzur boʻlmoqda.

Dasturning mazkur yoʻnalishida aholi salomatligini mustahkamlash, millat genafondini yanada yaxshilash, sogʻlom farzandni dunyoga keltirish va tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilgan.

Bundan tashqari, Toshkent, Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish belgilangan.

Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarini bir necha kun davomida oʻtkazish belgilandi. Endilikda test sinovi jarayonida shaffoflik taʼminlanib, oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalari 2017/2018 oʻquv yiliga nisbatan kamida 20 foizga oshiriladi.

Dasturda arzon va sifatli uy-joylar qurish koʻlamini kengaytirish ham koʻzda tutilgan boʻlib, 2018-yilda bunday uylarni qurish hajmi 1,5-2 barobar oshiriladi.

Davlat dasturida ifodasini topgan bu kabi vazifalar ijrosini taʼminlashda biz deputatlar ham faol ishtirok etib, oʻz hissamizni qoʻshamiz.

Ashirboy QOʻShAYeV:

Mamlakatimizda soʻnggi bir yil ichida inson manfaatlari hamma narsadan muhim ekanligining amaliy isboti sifatida qabul qilingan Prezident Farmonlari va Qarorlari haqiqatan ham xalqimiz hayotini tubdan yangilashga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir.

Bu borada ijtimoiy sohada, ayniqsa, mahallalar kesimida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar salmoqli oʻrin tutadi.

Xalqimiz turmush tarziga xos boʻlgan diniy bagʻrikenglikni, millatlararo totuvlik gʻoyalarini yanada mustahkamlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik Kontseptsiyasi yangi tahririni tasdiqlash, ekstremizm tahdidlarining oldini olish, unga qarshi kurashish va bartaraf etishga qaratilgan “Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqishga qaratilgan chora-tadbirlarning belgilanishi ham bevosita xalqimiz manfaatlariga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyatga egadir.

Bundan tashqari, axborot resurslari va internet tarmoqlari orqali ekstremizm va terrorizmning jirkanch gʻoyalarini mamlakatimizda targʻib etishning oldini olish, ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga adashib tushib qolgan yoshlar ongini ijobiy tomonga oʻzgartirish, ularni tarbiyalash va sogʻlom hayotga qaytarish joriy yilda doimiy amalga oshirishimiz lozim boʻlgan dasturiy vazifalarimizdandir.

Tumanimizda oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman, rus, tatar, koreys, qirgʻiz va boshqa millat vakillari bir oila farzandlari kabi hamjihatlikda yashab, mehnat qiladilar. Ularning bobomeros urf-odat va anʼanalari, maʼnaviy qadriyatlariga hurmat va ehtirom koʻrsatish, diniy eʼtiqodlarini qadrlash – doʻstlik va qardoshlik burchimiz. Prezidentimiz aytganlaridek: “Har bir davlat xizmatchisi har kuni oʻzining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart”, degan oltin qoida har bir ovul va mahalla fuqarolar yigʻini rahbari, har birimizning faoliyatimizda asosiy mezon boʻlmogʻi kerak. Va yana shuni chuqur anglab yetmogʻimiz kerakki, har kungi mehnat faoliyatimizda xalq manfaati, tinch-totuvligi oʻz aksini topmogʻi shart va har bir mahallada, jamoada diniy va insoniy bagʻrikenglik muhitini qaror toptirish zimmamizdagi yuksak masʼuliyatdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026