Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining qirq ikkinçi sessiyasi töğrisida AXBOROT
2018-yil 8-yanvar kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining qirq ikkinçi sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquqni muhofaza qiliş organlari, hokimlik bölimlari, jamoat taşkilotlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiya kun tartibida “Amudaryo tumanidagi “Yangiobod” va “Daryoböyi” mahallalarini böliş, çegaralarini belgilaş, yangidan taşkil qilinadigan mahalla va şaharçaga nom beriş hamda “Bosuv” mahallasi, “Çoyköl” va “Örta qalʼa” ovullari çegaralariga özgartişlar kiritiş töğrisida”gi, “Amudaryo tumanidagi “Farovon”, “Döstlik”, Oybek mahallalaridagi ayrim köçalarga nom beriş töğrisida”gi hamda “Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi va Kengaş doimiy komissiyalarining 2018-yilga möljallangan iş rejalarini tasdiqlaş töğrisida”gi masalalar muhokama qilindi.
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan tuman hokimi S.Yöldaşev sözga çiqib, hozirgi kunda tumanda 1 ta şaharça, 16 ta ovul, 30 ta mahalla fuqarolar yiğinlari faoliyat körsatib, ular tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy sohada samarali jamoatçilik nazoratini taʼminlaşda, aholi keng qatlamlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişda mahallaning roli oşib, oilaviy biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, ijtimoiy dasturlarni amalga oşirişda fuqarolar yiğinlarining hokimlik va boşqaruv organlari bilan hamkorligi kuçayib borayotganini taʼkidlab ötdi.
Amudaryo tumanidagi “Böz yop” ovuli, “Yangiobod” va “Daryoböyi” mahallalarini böliş, çegaralarini belgilaş va yangidan taşkil qilinadigan ovul va mahallalarga nom beriş hamda “Bosuv” mahallasi, “Çoyköl” va “Örta qalʼa” ovullari çegaralariga özgartişlar kiritiş böyiça fuqarolar yiğinlarining iltimosnomalariga asosan Qoraqalpoğiston Respublikasining “Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida”gi Qonunining 6-moddasi va Jöqorği Kenges Prezidiumining 2014-yil 14-martdagi 271-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Şaharlar, posyolkalar va ovullarning mahallalarini tuziş, birlaştiriş, böliş va tugatiş, şuningdek ularning çegaralarini belgilaş va özgartiriş, ularga nom beriş va ularning nomini özgartiriş tartibi töğrisida”gi Nizom talablariga muvofiq tuman hokimining 2017-yil 29-maydagi 351-sonli qarori qabul qilinib, ularning iltimosnomalari maʼqullangan edi.
Yuqoridagi Nizomga asosan tuman hokimligi tomonidan barça hujjatlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi huzuridagi geografik obʼektlarga nom beriş va ularning nomlarini özgartiriş masalalari böyiça Respublika komissiyasiga hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga tegişli tartibda taqdim qilindi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va Jöqorği Kengesida uşbu takliflar tegişli vazirlik va taşkilotlar bilan örganib çiqilib, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining 2017-yil 30-dekabrdagi 02-1094-sonli xati bilan tumandagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yiğini hududidan yangidan “Farovon” mahalla fuqarolar yiğini hamda “Daryoböyi” mahalla fuqarolar yiğini hududidan yangidan “Qipçoq” şaharça fuqarolar yiğinini taşkil etiş hamda yangidan taşkil qilinayotgan fuqarolar yiğinlariga tegişli ştat birliklarini ajratiş, davlat byujdeti hisobidan mablağ manbalari bilan taʼminlaşni 2018-yil byudjetiga kiritiş, şuningdek, “Bosuv” mahalla fuqarolar yiğini hududidagi “Nöğoy Eşon” aholi punktidagi 109 oila va “Qassob qalʼa” aholi punktidagi 56 oila “Çoyköl” ovul fuqarolar yiğini hududiga ötkazilib, çegaralarini özgartirişga kelişim berildi.
Deputatlar mazkur masala yuzasidan tayyorlangan tuman Kengaşi qarori loyihasini muhokama qilib, bir ovozdan maʼqulladilar.
Kun tartibidagi xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi va Kengaş doimiy komissiyalarining 2018-yilga möljallangan iş rejalarini tasdiqlaş töğrisidagi masala yuzasidan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining ijtimoiy-madaniy rivojlaniş hamda yoşlar siyosati va soğlom avlodni tarbiyalaş masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi, 6-“Olmazor” saylov okrugidan deputat Ş.Yangibayeva çiqib, tuman Kengaşi va Kengaş doimiy komissiyalarining joriy yilga möljallangan iş rejalari loyihasini öqib eşittirdi hamda deputatlardan uşbu iş rejani tasdiqlaşni söradi.
Sözga 17-“Bözyop” saylov okrugidan deputat G.Matyakubova, 18-Xitoy saylov okrugidan deputat G.Babajanov, 24-“Oq oltin” saylov okrugidan deputat R.Urazbayevlar çiqib iş rejalar loyihasini tuman Kengaşi Reglamenti, Kengaş doimiy komissiyalari töğrisidagi Nizom hamda Senat tavsiyalariga asosan siyosiy partiyalarning deputatlik guruhlari va nodavlat notijorat taşkilotlari takliflari inobatga olingan holda işlab çiqilganligini aytib tuman Kengaşi va Kengaş doimiy komissiyalarining 2018-yilga möljallangan iş reja loyihasini maʼqulladilar.
Kun tartibidagi masalalar böyiça tegişli soha mutasaddilari, deputatlar sözga çiqib, öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Bildirilgan taklif, fikr va mulohazalar inobatga olingan holda tuman Kengaşining qarorlari qabul qilindi.
Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶