21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:48
Siyosat 👁 1,993

2018-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasini pasaytirish taklif qilinmoqda

2018-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasini pasaytirish taklif qilinmoqda

Shu yil 13-dekabr kuni Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Deputatlar Oʻzbekiston Pespublikasining 2018-yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini koʻrib chiqdilar. Majlisda Oʻzbekiston Pespublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – moliya vaziri J.Qoʻchqorov maʼruza qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Deputatlar taʼkidladilarki, mazkur hujjatda koʻzda tutilgan chora-tadbirlar Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilayotgan maqsadlar va ustuvor yoʻnalishlarni, shuningdek, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Pespublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan. Joriy yilda belgilangan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirishni taʼminlashga qaratilgan kuch-gʻayratni safarbar etish yuzasidan talay tizimli ishlar amalga oshirildi. Bunda mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirish, daromadlar tushumlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash, shuningdek, ularni jalb etish hisobiga byudjetning daromad qismini shakllantirish borasida sifat jihatidan yangicha yondashuvlardan foydalanildi. Bularning barchasi pirovard natijada belgilangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga erishish imkonini berdi. Joriy yil byudjeti barcha nazarda tutilgan xarajatlar bajarilgan va tasdiqlangan dasturlar moliyalashtirilgan holda YaIMga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan ijro etilishi kutilmoqda.

Deputatlar oʻz eʼtiborini Harakatlar strategiyasiga muvofiq joriy yilda boshlangan keng miqyosli islohotlar qoʻshimcha moliyaviy resurslarni talab qilishiga, shu munosabat bilan byudjetning daromad qismini kengaytirish va mustahkamlash boʻyicha doimiy ravishda ish olib borilayotganligiga qaratdilar.

Davlatimiz iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, shuningdek, ijtimoiy infratuzilma obʼektlari, uy-joy-kommunal xoʻjaligi obʼektlari, shu jumladan, yoʻllar qurilishi, suv taʼminoti boʻyicha tasdiqlangan dasturlarni moliyalashtirish hamda oʻz yechimini talab qilayotgan boshqa muammolarni bartaraf etish yuzasidan oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni toʻliq hajmda bajarmoqda.

Shuni taʼkidlash kerakki, majlis davomida deputatlar byudjetni kelgusi yil uchun rejalashtirish jarayoniga joriy etilayotgan innovatsiya usullarini yuqori baholadilar.

Davlat byudjeti birinchi marta jahon moliya institutlari tomonidan eʼtirof etilgan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, baholash indekslari asosida tuzilganligi koʻrsatib oʻtildi. 2018-yilda YaIM 290,6 trillion soʻm miqdorida boʻlishi prognoz qilinmoqda, deflyator 14,1 foizni, isteʼmol narxlari indeksi 12-13 foizni tashkil etadi. Davlat byudjetini YaIMga nisbatan 0,02 foiz profitsit bilan tasdiqlash taklif etildi.

Shu bilan birga, 2018-yilgi soliq siyosatining xoʻjalik yurituvchi subʼektlar va aholi daromadlariga soliq yukini yanada kamaytirishni, mahalliy byudjetlar daromadini oshirishni nazarda tutuvchi asosiy yoʻnalishlari belgilanganligi alohida eʼtirof etildi. Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq yuki darajasini fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan hisobraqamlariga ajratmalar miqdorini 1 foizdan 2 foizgacha oshirish hisobiga kamaytirish, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasini pasaytirish taklif etildi. Shuningdek, bir xildagi soliq solinadigan bazaga ega boʻlgan soliqlar va toʻlovlarni birlashtirish yoʻli bilan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar sonini qisqartirish taklif etilmoqda.

Taʼkidlandiki, hududlar xususiyatlari va faoliyat koʻrsatish joyi hisobga olingan holda, mahalliy hokimiyat organlariga jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va qatʼiy belgilangan soliqlar boʻyicha belgilangan bazaviy stavkalarga nisbatan kamaytiruvchi va koʻpaytiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash huquqining berilishi ularning mustaqilligi va masʼuliyatini oshiradi.

Prognoz koʻrsatkichlar 2018-yilda ijtimoiy sohani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar davom ettirilishidan dalolat bermoqda. Xususan, ijtimoiy soha xarajatlari 34,7 trillion soʻmni tashkil etadi.

Shu jihatdan olganda, taʼkidlab oʻtildiki, Qonunchilik palatasi sogʻliqni saqlash sohasini isloh qilishda bevosita ishtirok etadi, shu jumladan, qonunchilik bazasini takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu sohaga ajratilayotgan davlat byudjeti mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishi jarayonlari ustidan quyi palata tomonidan doimiy monitoring olib borilmoqda. 2018-yilda mazkur sohaga 9,6 trillion soʻm ajratiladi, bu joriy yil koʻrsatkichlariga nisbatan 30,9 foiz koʻpdir. Bu, oʻz navbatida, sogʻliqni saqlash va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sohasini isloh qilish boʻyicha qabul qilingan dasturlar doirasidagi barcha tadbirlar moliyalashtirilishini taʼminlash imkonini beradi. Deputatlarning fikriga koʻra, sogʻliqni saqlash muassasalarini, avvalo oilaviy poliklinikalar, shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalarini dori vositalari hamda tibbiy buyumlar bilan taʼminlash xarajatlari koʻpaytirilishi kutilayotgani ham muhimdir. Ushbu maqsadlar uchun byudjet xarajatlari 2018-yilda 2,5 baravar koʻpaytiriladi. Bundan tashqari, Davlat dasturiga va mamlakatimiz rahbarining mintaqalarga tashrifi chogʻida bergan topshiriqlariga muvofiq tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal taʼmirlash uchun 753,6 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratish nazarda tutilmoqda.

Deputatlar tibbiy xizmatning avtomobil parkini yangilash, respublika va hududiy muvofiqlashtirish-dispetcherlik xizmatlarining maʼlumotlarini yagona uzatish tarmogʻiga birlashtirish boʻyicha ishlarni davom ettirishga taalluqli takliflarni qoʻllab-quvvatladilar. Ana shu maqsadlar uchun 141 milliard soʻm ajratish rejalashtirilmoqda.

Shu jihatdan olganda, sogʻliqni saqlash sohasi byudjet xarajatlar qismining ustuvor moddalaridan biri hisoblanadi va bu toʻla mantiqiydir. Zero, deputatlar taʼkidlaganlaridek, aholi sogʻligʻi hamma narsadan muhimdir.

Shu bilan birga, moliyaviy qoida buzilishlariga yoʻl qoʻyilmasligiga, ijro intizomini va byudjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgarlikni oshirishga birinchi darajali eʼtibor qaratish zarurligi alohida taʼkidlab oʻtildi.

Shu sababli byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanishda taʼsirchan jamoatchilik va parlament nazoratini amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mahalliy byudjetlarning daromad manbai mustahkamlanishi va ularning mustaqilligi izchil oshirib borilishini hisobga olgan holda mahalliy vakillik organlari vakolat va imkoniyatlaridan oqilona foydalanilishi va byudjetga tushumlar toʻliq boʻlishini taʼminlash ishiga faol qoʻshilishlari kerak. Bu borada mamlakat parlamenti xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlar korpusiga har tomonlama yordam koʻrsatadi.

Muhokamalar yakunlari boʻyicha deputatlarni qiziqtiruvchi barcha savollarga batafsil javoblar berildi.

Majlisda Oʻzbekiston Pespublikasi Bosh vaziri A.Aripov soʻzga chiqdi.

Barcha siyosiy partiyalar fraktsiyalari va Ekologik harakat deputatlar guruhining soʻzga chiqqan vakillari Hukumat tomonidan taqdim etilgan 2018-yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihasini, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlashni taklif etdilar. Loyiha Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlandi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026