Xolimbeglik fermer “Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlandi
Prezidentimizning 2017-yil 7-dekabr kungi "Qişloq xöjaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qöşgan yurtdoşlarimizdan bir guruhini mukofotlaş töğrisida"gi farmoni bilan sohadagi köp yillik fidokorona mehnati, barça qişloq xöjaligi ekinlaridan möl hosil yetiştirib, xalqimizning rizq-rözi va farovonligini, yurtimizning iqtisodiy qudratini va eksport salohiyatini yuksaltiriş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş işlariga qöşgan salmoqli hissasi, agrar sektorda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş va davlat dasturlari ijrosini taʼminlaş, yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş, ilğor agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etiş borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun bir guruh yurtdoşlarimiz faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.
Mukofotlanganlar orasida Amudaryo tuman Xolimbeg ovulida yaşovçi yurtdoşimiz, «Usta Allayar» fermer xöjaligi boşliği Pajabbay Sultanov ham bor. U Prezident farmoniga köra “Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlandi. Yurtdoşimizni Prezidentimiz va xalqimizning yuksak işonçiga sazovor bölgani bilan tabriklab, el-yurtimiz dasturxoni tökinligi, xalqimiz farovonligi va iqtisodiyotimiz rivoji yölidagi maşaqqatli işlarida omad tilaymiz!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶