Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2017-yil birinçi yarim yilligidagi ijrosi töğrisida
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi QARORI
Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2017-yil birinçi yarim yilligidagi ijrosi töğrisida
Amudaryo
tumani hokimligi tomonidan taqdim etilgan tuman mahalliy byudjetining
2017-yil I yarim yillik ijrosi töğrisidagi hisobotini körib çiqib
Özbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 27-moddasiga muvofiq tuman
xalq deputatlari Kengaşi QAROR QILADI:
1. Amudaryo tumani hokimligi tomonidan taqdim etilgan Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2017-yil I yarim yillik ijrosi töğrisidagi hisobot maʼlumot uçun qabul qilinsin.
2. Tuman mahalliy byudjetining 2017-yil I yarim yillik daromadlar qismining ijrosi 1-ilovaga va xarajatlar qismining ijrosi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Amudaryo tuman hokimining birinçi örinbosari M.Temirbayevga, tuman moliya bölimi mudiri vaqtinça vazifasini bajaruvçi B.Kamolovga, tuman Davlat soliq inpektsiyasi boşliği J.Örazimbetovga va tuman Ğaznaçilik bölinmasi boşliği U.Tairovga:
- byudjet daromadlarining prognoz körsatkiçlarini töliği bilan bajarib boriş böyiça zarur çoralarni köriş, şuningdek yil davomida tuşumlari pasayib ketgan soliq turlari böyiça çuqur tahlillar olib borib, bu sohada soliq yiğiş darajasini oşirişga aloxida eʼtibor qaratiş;
- aholining turmuş darajasini oşirişga yönaltirilgan ijtimoiy xarajatlarning özlaştirib borilişini taʼminlaş, şu jumladan, kam taʼminlangan va köp bolali oilalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
- mahalliy byudjetning xarajatlar qismi böyiça belgilangan körsatkiçlarini töliq va öz vaqtida bajarilişini taʼminlaş va ajratilgan byudjet mablağlarining natijadorligiga erişilmayotgan byudjet muassasalarini qisqartiriş yuzasidan tuman hokimligiga takliflar kiritib boriş vazifalari topşirilsin.
4. Uşbu qarorning bajarilişini nazorat qiliş xalq deputatlari tuman Kengaşining mahalliy byudjetni şakllantiriş va uni ijro etiş, iqtisodiy islohatlarni amalga oşiriş hamda tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça doimiy komissiya raisi M.Kazakov zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi raisi: S.Yöldaşev
2017-yil 29-iyul,
№ 131/35-05

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶