Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği O.Xalimovning “Aholiga tibbiy xizmat körsatiş borasida tumanda olib borilayotgan işlar töğrisida”gi hisoboti haqida
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi
_____________________________________________________________
QARORI
2017-yil 25-iyul № 126/34-05
Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği O.Xalimovning "Aholiga tibbiy xizmat körsatiş borasida tumanda olib borilayotgan işlar töğrisida”gi hisoboti haqida
Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği O.Xalimovning "Aholiga tibbiy xizmat körsatiş borasida tumanda olib borilayotgan işlar töğrisida”gi hisobotini muhokama qilib, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi taʼkidlaydiki, mamlakatimizda aholining soğliğini saqlaş, ularga malakali tibbiy xizmat körsatiş tizimini şakllantiriş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş kabi yönalişlarda keng kölamli islohotlar amalga oşirib kelinmoqda.
Davlatimiz Rahbari Ş.M.Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 5 yanvar, 7 fevral, 30 mart va 6 iyul kunlari soğliqni saqlaş tizimini yanada isloh qiliş masalalariga bağişlab ötkazilgan videoselektor yiğilişlarida belgilab berilgan vazifalar mamlakatimizda soğliqni saqlaş sohasida olib borilayotgan işlarni mutlaqo yangi sifat bosqiçiga olib çiqdi.
Mazkur vazifalarni samarali bajariş maqsadida tumanda ham muayyan işlar olib borilgan. Xususan, tumanda mavjud bölgan 19 ta qişloq vraçlik punktini keng jamoatçilik fikrini inobatga olgan holda maqbullaştiriş natijasida 7 ta qişloq oilaviy poliklinikasi taşkil etilgan hamda 2 ta qişloq vraçlik punkti saqlanib qolingan, şundan 10 tasida xizmat uy-joyi qilib, şifokorlarga foydalaniş uçun topşirilgan.
Tumanda faoliyat körsatayotgan barça birlamçi tibbiyot muassasalarining iş vaqti soat 8-00 dan 20-00 gaça qilib özgartirilgan, buning natijasida aholiga muayyan qulayliklar yaratib berilganligi ular tomonidan eʼtirof etilmoqda.
Şuningdek tuman tez tibbiy yordam bölimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş hamda tuman aholisining körsatilayotgan tez tibbiy yordami xizmati sifatini oşiriş maqsadida tez tibbiy yordam bölimi yangi 1 ta "Nissan” rusumli reanimatsion sanitar avtotransporti 1 ta "Damas” rusumli sanitar avtomaşina, tez tibbiy yordam brigadalari esa 47 turdagi dori vositalari va tibbiyot uskunalari bilan taʼminlangan.
Bundan taşqari, tez tibbiy yordam çaqiruvlarining tezroq bajarilişini taʼminlaş maqsadida barça 6 ta tez tibbiy yordam avtomaşinasi GPS navigatorlari bilan jihozlangan. Natijada tez yordam xizmatida çaqiriqlarga 15 daqiqadan ortiq keçikiş holatlari qariyb 85 foizga kamayişiga erişilgan.
Patronaj hamşiralari tomonidan körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş borasida ularning bir kunda kamida 6 tadan xonadonga borişi tizimli yölga qöyilgan va nazoratga olingan. Şuningdek tumandagi barça xonadonlarga patronaj hamşirasi va hududiy şifokor, ular bilan boğlaniş uçun telefon raqamlari, qabul vaqti töğrisidagi maʼlumotlar körsatilgan taşrif qoğozlari yetkazib berilgan.
Tumanda soğliqni saqlaş sohasida olib borilayotgan ijobiy işlar bilan bir qatorda, öz yeçimini hanuzgaça topmagan bir qator muammolar mavjudligi kuzatilmoqda.
Xususan, tumandagi aksariyat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi talab darajasida emas. Masalan, 1 ta qişloq vraçlik punkti binosi bugungi kunda joriy taʼmirga muhtoj, 4 ta qişloq oilaviy poliklinikasi binolari haligaça taʼmirlanmagan.
Sohada bir qator muayyan işlar amalga oşirilişi bilan birga öz yeçimini topişi zarur bölgan muammoli masalalar ham uçramoqda.
Tumanda yangidan taşkil etilgan 7 ta oilaviy poliklinikalarini zamonaviy UZI apparatlari bilan taʼminlaş zarur. Şuningdek, bugungi kunda tibbiyot sohasida eng dolzarb muammolardan biri bölgan kadrlar masalasi ham tumanda soğliqni saqlaş tizimini yaxşilaşga tösiq bölib kelmoqda. Yangidan taşkil qilingan oilaviy poliklinikalarida vraçlar yetişmovçiligi mavjud, bular 16 umumiy amaliyot şifokorlari, 2 vraç-rentgenologlar, 2 vraç-laborantlar, 5 tez-tibbiy yordam körsatiş şifokorlari, 5 reanimatolog şifokorlari. Eng köp vakant lavozimlar 2-sonli, 3-sonli qişloq oilaviy poliklinikalari hamda Berdax qişloq vraçlik punktlariga töğri keladi.
Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği O.Xalimovning "Aholiga tibbiy xizmat körsatiş borasida tumanda olib borilayotgan işlar töğrisida”gi hisobotini muhokama qilib, "Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi
QAROR QILADI:
1. Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği O.Xalimovning "Aholiga tibbiy xizmat körsatiş borasida tumanda olib borilayotgan işlar töğrisida”gi hisoboti maʼlumot uçun qabul qilinsin.
2. Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği O.Xalimov tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida belgilangan tadbirlarning ijrosini taʼminlaşda ijobiy natijalarga erişganligi hamda mavjud muammolarni hal qilişda taşkiliy çora-tadlbirlarni amalga oşirgani uçun uning faoliyati qoniqarli deb xisoblansin.
3. Tuman tibbiyot birlaşmasi (O.Xalimov):
ön beş kunlik muddatdatuman tez tibbiy yordam şohobçalarining moddiy-texnika holatini qayta örganib çiqib, ularning faoliyatini samarali taşkil etiş uçun zarur jihozlar hamda orgtexnika vositalari bilan taʼminlaş yuzasidan tuman moliya bölimi (B.Kamalov) bilan kelişgan holda asoslantirilgan takliflar işlab çiqsin hamda tegişli tartibda tuman xokimligiga kiritilişini taʼminlasin;
tumanda tibbiyot muassasalaridagi böş ştat birliklarini sohaning tajribali mutaxassislari bilan töldiriş maqsadida nafaqadagi va har xil sabablarga köra sohada faoliyat körsatmayotgan yuqori malakali şifokorlarni vraç bilan taʼminlanmagan qişloq oilaviy poliklinikalariga va qişloq vraçlik punktlariga işga jalb qiliş çoralari körsin;
ön kunlik muddatdatuman tibbiyot birlaşmasida tibbiyot uskunalariga bölgan haqiqiy ehtiyojni aniqlab, yetişmaydigan uskunalar röyxatini şakllantirsin hamda amaliy yordam körsatiş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligiga kiritsin;
yigirma kunlik muddatdatumanda ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmatga muhtoj bölgan fuqarolar röyxatini şakllantirib, Nukus şaxridagi respublika tibbiyot muassasalaridan yetakçi mutaxassislarni tumanga taklif etiş yuzasidan takliflarni Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligiga taqdim etsin;
aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat holati, kasalliklarning oldini oliş, ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş, birlamçi va tez tibbiy yordamni körsatiş sifatini yaxşilaş borasida samarali tadbirlarni ötkazib borsin xamda tuman kengaşi sessiyalarida xar oyda bir marta, mahalla fuqarolar yiğinlarida tegişli oilaviy poliklinika va qişloq vraçlik poliklinika rahbarlarining har 15 kunda hisobot berib borişini taʼminlasin;
aholining tibbiy madaniyatini oşiriş maqsadida joylarda muntazam ravişda reproduktiv salomatlik, kasalliklar profilaktikasi, nikohdan oldingi tibbiy körikning ahamiyati kabi masalalar yuzasidan tarğibot-taşviqot işlarini kuçaytirsin.
4. Tuman moliya bölimi (B.Kamalov) tuman tibbiyot birlaşmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda tuman tez tibbiy yordam şohobçalari uçun zarur jihozlar, mebellar, aloqa vositalarini xarid qiliş, şuningdek qişloq oilaviy poliklinikalari va qişloq vraçlik punktlarini joriy taʼmirlaş uçun zarur mablağlar tuman maxalliy byudjetining rejadan ortiq bajarilgan qismi hisobidan ajratilişi va xarid qilinişi çoralarini körsin.
5. Amudaryo tuman xokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari U.Polvanov tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği O.Xalimov bilan birgalikda bir oy muddatda tumandagi barça oilaviy poliklinikalar va qişloq vraçlik punktlarini taʼmirlaş, maqbullaştirilgan 10 ta qişloq vraçlik punkti bazasida Qoraqlpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi yöllanmasi bilan tumanga yuborilgan 5 nafar şifokorlar, şundan uy-joyga zarurati bölgan xodimlarni uy-joy bilan taʼminlaş ilojlarini körsinlar.
6. Uşbuqaror "Taraqqiyot közgusi”gazetasida, xalq deputatlari tuman Kengaşi va tuman hokimligining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinsin.
7. Uşbu qarorning ijrosini nazorat qiliş xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining ijtimoiy-madaniy rivojlaniş hamda yoşlar siyosati va soğlom avlodni tarbiyalaş masalalari böyiça doimiy komissiyasi (Ş.Yangibayeva) zimmasiga yuklansin.
8. Uşbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.
Xalq
deputatlari Amudaryo
tuman Kengaşi raisi: S.Yöldaşev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶