15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 16:03
Jamiyat 👁 3,802

EL ARDOGʻIDAGI AYoL

EL ARDOGʻIDAGI AYoL

Yurtdoshlarimiz orasida hayot soʻqmoqlarida oʻz yoʻlini, oʻrnini topib, Vataniga, el-yurtiga fidoyiligi, chin insonligi bilan boshqalarga oʻrnak boʻlib kelayotgan kishilarni koʻrib, hamisha quvonib yuramiz.

Men ana shunday el ardogʻidagi kishilar orasida oʻz shogirdim va hamkasbim Ayimjon Jumaniyozovaning ham borligidan doimo faxrlanaman.

Ayimjon Jumaniyozova 2017-yilning 1-iyunidan nafaqaga chiqib, jonajon maktabi, shu maktabning ahil jamoasi bilan xayrlashdi. Men shu damlarda koʻz oldimda ulgʻayib, kasbidan kamol topgan shogirdimning hayot yoʻllari haqida oʻyladim.

1978-yilda 17-sonli umumtaʼlim maktabiga ishga kelganimda  Ayimjon hamma fanlardan aʼlo baholarga oʻqiydigan, jamoat ishlarida faol qatnashadigan oʻquvchi qiz edi. U maktabning voleybol toʻgaragi aʼzosi sifatida turli musobaqalarda ishtirok etib, maktabda epchil va chaqqon sportchi sifatida tanilgan edi.

Ayimjon maktabni aʼlo baholarga tugatib, 1980-yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining tarix-huquq fakultetiga oʻqishga kirdi va uni 1985-yilda muvaffaqiyatli tugatdi.

Oliy maʼlumotga ega boʻlgan Ayimjon shu yili oʻzi oʻqigan 17-sonli maktabda oʻqituvchi sifatida ish boshladi. Bu qizdagi gʻayrat-shijoatni oldindan payqagan ustozi, maktab direktori Zarifboy Sobirov va maktab jamoasi uni iliq kutib olishdi.

Pedagog sifatida ish boshlagan Ayimjon Jumaniyozova oʻzining masʼuliyatni chuqur his qilishi, talabchanligi, bolajonligi, oʻz fanining bilimdoni, ayniqsa samimiy va ochiqkoʻngilligi bilan boshqalardan ajralib turardi. Bu xislatlar uning oʻquvchilarga  mehribon ustoz, kasbdoshlariga sodiq doʻst va eldoshlariga yurt fidoyisi boʻlib tanilishida muhim omil boʻldi.

Ayimjon 32 yillik ish faoliyati davomida sinf rahbari va ustoz sifatida oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari hurmatiga sazovor boʻldi.

U 1999-2012-yillarda "Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovida muvaffaiqyatli ishtirok qildi. Shuningdek, u 2007-2013 oʻquv yillarida oʻtkazilgan avgust kengashlarida oʻz fanining bilimdoni, taʼlim sohasidagi yangi innovatsiyalarning ilgʻor targʻibotchisi sifatida tuman tarix-huquq fani oʻqituvchilariga murabbiylik qilib keldi.

U samimiyligi, qatʼiyatliligi tufayli tuman miqyosida oʻtkazilgan fan olimpiadalari va bilimlar bellashuvlarida, jumladan, 2014-yilda fan olimpiadasining huquqshunoslik fani boʻyicha Respublika bosqichida hakamlik qildi.

Ayimjon shogirdlari Nasiba Matasheva, Roza Rajabova, Muhabbat Sobirovalar bilan doimo tajriba almashib ishladi. Bunday faoliyat Ayimjon va uning shogirdlari pedagogik mahoratlarining oshishiga samarali taʼsir koʻrsatdi.

Uning tajribali oʻqituvchi mavqeiga yetishishida ustozlari – Roza Mustayeva, Rajab Avazboyev, Tursunoy Saʼdullayeva, Tojimurod Oʻrozboyev va Rahimboy Oʻrozboyevlarning katta hissasi borligini chuqur his qiladi. Shu boisdan ham u oʻz ustozlariga doimo hurmatda boʻladi.

Tajribali va jonkuyar muallima Ayimjon Jumaniyozova maktab-mahalla hamkorligining mustahkamlanishiga ham munosib hissa qoʻshdi.

Ayimjon turmush oʻrtogʻi Oʻktamboy Yoʻldoshev bilan 3 nafar qiz va 2 nafar oʻgʻilni tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Katta qizi Nasiba Yoʻldosheva oʻqituvchi, Shahnoza ingliz tili fani oʻqituvchisi, Sevara esa tarix fani oʻqituvchisi boʻlib yetishayapti.

Katta oʻgʻli Bekzod – iqtisodchi. Kenja oʻgʻil Shahzodbek ham iqtisod yoʻnalishini tanlagan.

Yoʻldoshevlar oilasi namunali oila sifatida Xolimbeg ovulidagi barcha oilalarga oʻrnak, desak xato boʻlmaydi.

Men mehnatdan obroʻ topib, baxt topib, el nazariga tushgan, qalbi ezguliklarga toʻla shogirdim Ayimjon Jumaniyozova va uning umr yoʻldoshi Oʻktamboyga sogʻlik, omonlik tilayman.

Yangiboy EShIMMATOV,

17-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, "Shuhrat” medali sohibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019