EL ARDOGʻIDAGI USTOZ
Kuyuk koʻpir ovulidagi Adilboy aka va Maryam opa Eluboyevlarni hamma taniydi. Ovulda orastagina, saranjom-sarishta hovlida yashovchi bu oila elda namunali, hurmatga sazovor.
Hudud yoshlarining taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qoʻshgan Maryam
Nurekeshova 1945-yilda Berdaq ovulida tavallud topgan. U 1968-yilda Nukus pedagogika institutining kimyo-biologiya fakultetini tugatgan edi. Oʻqishni tugatib, 1973-yildan turmush oʻrtogʻi Adilboy aka bilan Kuyuk koʻpir ovulidagi hozirgi 19-sonli maktabda oʻqituvchi boʻlib faoliyat yurita boshlashdi. Adilboy aka – kimyo fani, Maryam opa esa biologiya fanidan dars berishdi. Yillar davomida yosh avlodga taʼlim bergan ustozlar hozir nafaqa gashtini surib, farzandlari, nevaralari ardogʻida hayot gashtini surishmoqda.

Ular birgalikda ikkita qiz, toʻrtta oʻgʻil farzandlarni voyaga yetkazishdi. Farzandlari ham yurtga, elga nafi tegib, xizmatlari, mehnati bilan tanilishdi. Katta qizi Nasiba opa Boʻz yop ovulda joylashgan 10-sonli umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi, oʻgʻli Omon aka Xitoy ovulidagi QOPda tibbiyot xodimi boʻlib ishlaydi. Aziz – Toshkent shahrida tadbirkor, Gulnafisa esa Qozogʻistonda shifokor, Olmos va Oybek "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli temir yoʻl stantsiyasi xodimi boʻlib xizmat koʻrsatishmoqda.
Adilboy aka va Maryam opalarning nevaralari ham oʻqituvchilik kasbini tanlashgan. Katta nabirasi Zilola 10-sonli umumtaʼlim maktabida boshlangʻich sinflarga dars beradi. Yulduz esa Nukus shahridagi 7-sonli umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi. Asadbek ham QDU talabasi.

Umrining ana shunday nurli manzillariga yetganida Adilboy akani bemavrid oʻlim hayotdan olib ketdi. Eldoshlari va shogirdlari uning xotirasini yod etib, xonadoniga kelib turishadi. Maryam opa ana shunday shogirdlari, hayotini quvonchga toʻldiradigan va oʻz hayotining baxtli onlarini ular bilan oʻtkazadigan farzandlari, suyukli nabiralari borligidan hamisha xursand. El ardogʻida, barcha yaqinlari qurshovida hayot kechirayotganidan, mehnatlarining rohatiga yetkazganidan Yaratganga shukrona bilan yashamoqda.
Mohinur Odilboyeva, 19-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶