16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 15:51
Jamiyat 👁 3,677

El ardogʻidagi shoira

El ardogʻidagi shoira

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 31-oktyabrdagi "Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham keng jamoatchilik, adabiyot ixlosmandlari, soʻz qadrini bilgan insonlar tomonidan ayol zotiga, adabiyotimizga yuksak ehtirom namunasi sifatida mamnuniyat bilan kutib olindi.

Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaning Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat kabi oliyjanob fazilatlarni tarannum etgan asarlari, ibratli hayoti va faoliyati bilan milliy adabiyotimiz rivojiga, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga qoʻshgan ulkan hissasini oʻsib kelayotgan yosh avlod ong-u shuuriga yetkazish, Zulfiyaxonim ijodi va hayotini yoshlar oʻrtasida yanada keng targʻib etish maqsadida tuman hokimligining chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Tumanimizdagi barcha taʼlim muassasalarida, ovul va mahallalarda Zulfiya hayoti va ijodiga bagʻishlangan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, adabiy-badiiy kechalar oʻtkazilmoqda. Umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida "Zulfiyaxonim qizlari” deb nomlangan adabiy toʻgaraklar ishlab turibdi.

Prezidentimizning 1999-yil 10-iyundagi Qarori bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼsis etildi. Mamlakatimizda har yili ushbu mukofot uchun 14 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan isteʼdodli qizlar oʻrtasida tanlov oʻtkazilib, eng iqtidorli qizlar ushbu mukofotga sazovor boʻlishmoqda. Bu tanlov isteʼdodli qizlarni har tomonlama ragʻbatlantirib, oʻz iqtidorlarini namoyon qilishi uchun keng imkoniyat eshiklarini ochmoqda. Tumanimizda ham Zulfiya ijodiga havas qilib, sheʼriyat yoʻlini tanlagan, taʼlim, sport, sanʼat, madaniyat sohasida oʻzlarining iqtidorlarini namoyon etishga intilgan qizlar soni yil sayin ortib bormoqda.

Yurtboshimizning ushbu qarori yana shunisi bilan ahamiyatliki, unda oʻzbek ayolining maʼnaviyati ulugʻlangan, desak hech mubolagʻa boʻlmaydi.

"Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch” asarida: "Nafaqat oʻz sheʼrlari, balki butun hayoti bilan oʻzbek ayolining maʼnaviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi insonlar qatoriga qoʻshgan boʻlardim. Uning jahon minbarlaridan yangragan sheʼrlari Sharq ayolining aqlu zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab sheʼriyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Aslida, bu dunyoda ayriliq va hijron azobi barchaning ham boshida bor. Ammo gʻam-anduh va hasratlarni matonat bilan yengib, togʻdek bardoshi bilan vafo va sadoqat ramziga aylangan Zulfiya opa singari ayollar har qanday yuksak hurmat va ehtiromga munosibdir” deb yozadi Prezidentimiz Islom Karimov.

Mustaqillik yillarida yurtimizda ayolga, onaga yuksak eʼtibor va ehtirom koʻrsatilmoqda. Buni Mustaqillik maydonidagi Baxtiyor Ona, Xotira xiyobonidagi motamsaro Ona, Vatanga qasamyod haykalida farzandining oy borib, omon qaytishini tilab duoga qoʻl ochgan moʻʼtabar ona siymosida koʻrishimiz mumkin. Bu ehtirom shoira Zulfiya xotirasiga oʻrnatilgan muhtasham haykalda yanada yuksakroq namoyon boʻladi.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tashabbusi bilan butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida9-14-fevral kunlari "Orasta qizlar” toʻgaraklarida "12 yillik majburiy taʼlim – biz qizlar uchun oʻta muhim va zarur” deb nomlangan haftalik doirasida oʻquvchi-qizlar tomonidan Zulfiya ijodidan namunalar oʻqildi. Shoira Zulfiyaoʻlmas ijodi va oʻchmas hayoti bilan tariximizning ajralmas qismi sifatida bugun xalqimiz, shu jumladan yoshlar qalbida mangu yashayveradi.

Shoira merosinioʻrganib oʻsgan qizlar jamiyatda, shu jumladan oila va mahallada oʻz oʻrnini topib, oʻzaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashga, vafo va sadoqat, mehr-oqibat, shafqat va muruvvat tuygʻularining qadriga yetib yashashga hissa qoʻshadilar, albatta.

Maryam AHMEDOVA, tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026