BURCh VA MASʼULIYaT
Men tuman Kengashi deputati, xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzosi sifatida doimiy komissiya faoliyatida ishtirok qilib kelaman.
Doimiy komissiyamiz faoliyatiga doir masalalar boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar rejasiga muvofiq komissiya aʼzolari uchun vazifalar belgilangan boʻlib, biz bu vazifalarni oʻz vaqtida bajarishga katta eʼtibor beramiz. Joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar paytida aholini mamlakatimizda va tumanimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijalaridan xabardor qilib borayapmiz. Shu bilan birgalikda biz tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bu boradagi qonun va qarorlar yuzasidan keng miqyosda tushuntirish ishlarini ham amalga oshirayapmiz.
Men oʻz saylov okrugim hududidagi "Qayrovul”, "Koʻkchi” va "Uyshin” mahallalarida yashayotgan va mehnat qilayotgan kishilar bilan oʻtkazilayotgan uchrashuv tadbirlarida 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati, maqsadi va ahamiyati haqida keng tushuntirish ishlarini olib boryapman.
Shu bilan birgalikda biz deputatlar "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da xalqning turmush farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, odamlarni qiziqtirayotgan masalalar va mavjud muammolarni oʻrganib borayapmiz. Aholining turmush sharoiti bilan yaqindan tanishib, har bir mahalla va xonadonning oʻziga xos ijtimoiy-maʼnaviy muhiti, hududga xos yutuq va kamchiliklar, muammolarni hal qilishda amaliy yordamlar bermoqdamiz.
Biz deputatlar aholi orasida, yoshlar oʻrtasida, davlatimiz Qonunlari, Prezidentimiz Farmonlari va Qarorlari, shuningdek, huqumatimiz qaror va koʻrsatmalarini keng targʻib qilishni oʻz burchimiz, deb bilamiz.
Satboy Nametov,
xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶