16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 14:35
Jamiyat 👁 2,693

OSORI ATIQALAR QADIM TARIXIMIZDAN SOʻZLAYDI

OSORI ATIQALAR QADIM TARIXIMIZDAN SOʻZLAYDI

Yurtimizni har birimiz "jannatmakon yurt”, "Alloh nazari tushgan yurt”, deya qalbimizda yuksak faxr iftixor bilan taʼriflaymiz. Nega? Negaki bu koʻhna zamin  avvalo kindik qonimiz tomgani, oilamiz bagʻrida emin-erkin, xotirjam yashayotganimiz uchun, ajdodlarimiz hoki yotgani uchun va qolaversa, qadim ajdodlarimiz aqlu-zakosi ila yaratilgan meʼmoriy, madaniy, maʼnaviy boyliklar bugunimizga ham oʻzicha xos maʼno-mazmun baxsh etayotgani  tufaylidir.

Ajdodlarimizning boy madaniy merosidan shubhasiz, xalq hunarmandchiligi namunalari ulkan oʻrin tutadi.

Qoraqalpoq diyori xalqi azaldan baliqchilik, chorvachilik va daryoga yaqin yashaganlari dehqonchilik bilan shugʻullanganini yaxshi bilamiz. Biroq ularning yaratgan kigiz  va namatlari, qora uylarini koʻzdan  kechirsangiz, yuksak hunarmandchilik salohiyatiga ega boʻlganligini ham tan olasiz.

Odatda ular chorva uchun tabiiy oʻtlar moʻl joylarga koʻchib yashashgan. Shu ehtiyoj samarasida qora uylar yasalgan boʻlsa, ajab emas. Qora uy yaʼni oʻtov qishda issiq, yozda salqin boʻlishi uchun devorlari namat bilan oʻralgan. Hatto oʻtov tiklangan yogʻoch sinchlar ham yogʻochsoz ustalar tomonidan turli naqshlar bilan bezatilgan. Eshigi ichkarisiga taqilgan popuklarning oʻziyoq oʻtovda yashovchi ayol-qizlarning chevarligidan, nozik dididan dalolat berib turgan. Oʻtovning turli naqshli kashtachilik namunalari bilan bezatilishi anʼanaga aylangan.

Shuningdek, oʻtov ichiga toʻshalgan kigizlar ham oʻz naqsh texnikasiga ega boʻlib, koʻpincha toʻlqinsimon koʻrinishda boʻlgan. Bu juda qadimiy uslub boʻlib, kigiz bosuvchilarning yuksak salohiyatli boʻlishi talab etiladi.

Shuningdek, hududimizdan topilayotgan noyob hunarmandchilik asori-atiqalari qadim ota-bobolarimizning hayotida hunarmandchilik ham muhim oʻrin tutganligidan dalolat beradi.

Amudaryo tumanining "Oʻrta qalʼa” ovulida istiqomat qiluvchi xalq taʼlimi faxriysi Shavkat Chorshamov geografiya fanidan oʻquvchilarga dars berish bilan cheklanmay, tarix , arxeologiya va etnografiyaga qiziquvchi oʻquvchilari bilan avval 16-sonli  maktabda, keyinchalik 12-sonli maktabda maktab oʻlkashunoslik muzeyini tashkil etdi. Yuzdan ortiq topilgan eksponatlarning  manba va manzillarini izlash, aniq tarixiy dalillar bilan boyitishga harakat qildi va koʻpgina natijalarga erishdi.

Shavkat Chorshamov tashkil etgan muzey 2011-yilda "Oʻzligingdan oʻrgilay, Vatan!” Respublika koʻrik-tanlovida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Muzeydan joy olgan eksponatlar (suratlarda) orasida uy-roʻzgʻor buyumlari, kiyim-kechaklar, turli taqinchoqlar va ov qurollari, tasviriy sanʼat namunalari bor.

Ularning qaysi birini tomosha qilsangiz ham ijodkorining yuksak did va aqlu zakovat egasi boʻlganligini anglaysiz.

33-sonli maktabda bundan oʻn besh yillarcha oldin oʻqituvchi boʻlib ishlagan Tamara Xudoyberganova maktab oʻlkashunoslik toʻgaragiga rahbarlik qilib, yuzdan ortiq qadim hunarmandchiligimiz namunalarini toʻplashga erishgan edi. Eksponatlarning aksariyati uy-roʻzgʻor buyumlari, kiyim-kechaklar va turli taqinchoqlardir.

Istiqlol sharofati bilan ota-bobolarimiz, momolarimiz tafakkuri, turmush tarzining hosilasi boʻlgan ana shunday noyob hunarmandchilik namunalarini asrab-avaylash, ushbu faoliyat turini yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Tarixiy, madaniy va ilmiy intellekual merosni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash, boyitish va koʻpaytirish yoʻlida saʼy-harakatlar olib borilayotir.

Shu maqsadda milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi "Hunarmand” uyushmasi tashkil etilib, sohaga qiziquvchilarni birlashtirib, isteʼdodlarini yuzaga chiqarishga harakat qilinayotir. Buning natijasida oilaviy tadbirkorlik rivojlanayotir, xotin-qizlarning, yoshlarning ish bilan bandligi taʼminlanayotir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026