Amudaryo tumanining qadimiy qişloqlaridan biri - Böz-yop tarixi haqida
Böz-yop Amudaryo tumanining qadimiy qişloqlaridan biri bölib, Abulğoziyxon (1642-1663) davrida töla şakllangan. Qişloq tarkibida elat va ovular içida eng yoşi uluği – Çordara. Negaki uning nomi ölkaga turkiy qavmlar joylaşib olmasdan oldin rasmiylaşgan.
“Çordara” Xorazmça atama bölib, tört taraf darvoza, yoki 4 daha qavmdan iborat el degan maʼnoni anglatadi. Çordara aholi punkti hududida “Çöloq Eşon bobo” qabristoni mavjud. Uning bunday deb nomlanişiga sabab – elning etiborli kişilaridan bölgan Çöloq Eşon bobo şu yerga dafn qilingan.
Çordara Xiva xoniga qarindoş bölgan Isa Töraning yeri bölib, atrofi paxsa devor bilan öralgan, faqat bitta darvozasi bölgan. Bu yerga har yili Xiva xoni kelib dam olib ketgan. Şuningdek bu yerda kulolçi ustalar ham bölgan. Ular loydan köza, badiya, çiğirning digirlarini işlagan. Çordara savdo karvonlari töxtab ötadigan fayzli joy bölgan. “Bojmon”, “Alam”, “Qonotboy”, “Qorajon”, “Yarimçi”, “Sari ovul” kabi nomlar möğul istilosidan söng paydo bölgan.
XX asrning 20-yillarida tuzilgan dastlabki ovul kengaşiga “Böz-yop” deb nom qöyilgan va uning birinçi oqsaqoli Qöşmuhammad Qöziboy öğli bölgan.
Böz-yop ovul fuqarolar yiğini Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining 1997-yil 31-dekabrdagi 509-sonli qaroriga asosan Xitoy ovul fuqorolar yiğinidan ajratib çiqarilgan.
Roza Oğaboyeva, 10-sonli maktab öqituvçisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶