22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 18:57
Jamiyat 👁 4,492

EL-YuRT HURMATIGA SAZOVOR INSON

... Xuddi kechagiday esimda. Men tahririyatda ish boshlagan dastlabki yil – 1985-yilning koʻklami edi. Matbuot kunini butun jamoamiz bilan yaxshi kutib olishga, rayijroqoʻmda bizning kasb bayramimiz sharafiga oʻtkaziladigan tantanali marosimga tayyorgarlik koʻrilayotgan hayajonli kunlar edi. Aynan shu kunlarda sobiq ittifoq  miqyosidagi tuman gazetalari orasida mehnatkashlar va ishchi-dehqon muxbirlar xatlari bilan ishlash borasida "Amudaryo haqiqati” gazetasining gʻolib boʻlganligi haqidagi xabar butun jamoamiz quvonchiga quvonch qoʻshdi.

– Yosh mutaxassis sifatida seni ham maʼruzaga yozdik. Yaxshi tayyorgarlik koʻr, uyaltirib qoʻyma bizni, – dedi muharririmiz Gulnora opa Matyoqubova. Keyin yigʻilishni rayijroqoʻm raisi boshqarishini, u kishining juda talabchan odam ekanligini, shuning uchun maʼruzaga jiddiy tayyorgarlik koʻrishim lozimligini aytdi. Bu mening hayajonimni badtar oshirdi. Garchi rayijroqoʻm raisini turli majlislarda koʻrib yurgan boʻlsam ham, oʻsha 1985-yil 5-may kuni (sobiq ittifoq davrida matbuot kuni 5 mayda nishonlanardi) ilk bor yaqindan koʻrib, opa aytganlariday, nafaqat talabchan, balki odamoxun, xushchaqchaq va kengfeʼl odamligini anglaganman. U kishi rayijroqoʻm raisligidan soʻng sobiq "Qipchoq” sovxozi raisi, agrosanoat uyushmasi raisi oʻrinbosari, tabiatni muhofaza qilish tuman qoʻmitasi raisi, 34-Qipchoq kasb-hunar litseyi (hozirgi Amudaryo Agrobiznes kasb-hunar kolleji) direktori lavozimlarida ishlagan davrlarida ham koʻp suhbatlashib, bu suhbatlardan oʻzimga ulkan hayotiy saboqlar olganman.

Odatda biz chor-atrofimizga nazarimiz tushganida koʻz oʻngimizdagi manzaralar xuddi avval ham mavjud boʻlgandek, dunyo shunday yaralgandek, shu zaylda davom etaveradigandek tuyuladi. Biroq biron sabab besh, oʻn yil, undan koʻproq vaqt oldingi hayotimiz haqida oʻylasak, oʻzgarishlar bisyorligini, turmushimiz tobora obod boʻlib, yengillashib borayotganini koʻramiz, uzogʻimizni yaqin qiladigan transportlarning, ishxonamizda mehnat jaryonida foydalanadigan texnologiyalarning, oilamizdagi qulayliklarning farqi, afzalliklarini shundagina his qilamiz.

Oramizda shunday odamlar borki, ularning mehnati mahsuli umum manfaatiga, yurt ravnaqiga munosib hissa boʻlib qoʻshiladi, buni el-ulus hurmat-ehtirom bilan eʼtirof etadi.

Qipchoq ovulida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi, doimo rahbarlik lavozimlarida ishlasada, eldoshlaridan oʻzini yuqori tutmagan, el tashvishi bilan yashagan Qosim ogʻa Nametov ana shunday odamlar toifasidan.

U 11-sonli maktabni tamomlab, Toshkent Politexnika institutiga oʻqishga kirib, avtotraktor va qishloq  xoʻjalik mashinalari injener-mexanigi mutaxassisligiga ega boʻldi. Mehnat faoliyatini sobiq Engels nomli (hozirgi Qipchoq MMTP) xoʻjalikda texnika xavfsizligi boʻyicha injenerlikdan boshladi. Harbiy xizmat burchini oʻtab qaytgach, xoʻjalik raisi oʻrinbosari, tuman qishloq xoʻjalik texnikalari taʼminoti va foydalanish korxonasi boshqaruvchi direktori vazifalarini ado etdi. Aynan shu vazifalarda ishlagan davrlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish jarayonida odamlarning qoʻl mehnati juda zahmatli ekanligini sidqidildan his qilib, imkon qadar yengillashtirishga intildi. Shu niyatda paxta va boshqa-da  qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorishdan soʻng begona oʻtlar bosib ketishiga, bunga qarshi koʻp qoʻl kuchi sarflanishiga chek qoʻyish maqsadida kultivator ishchi organiga qoʻshimcha agregat yasadi. Agregat paxta egatidagi koʻchatga yaqin borib tagini yumshatar, bu bilan yovvoyi oʻtlardan tozalar va egat ustidagi unumdor tuproq pastga tushib, koʻchatning yaxshi rivojlanishini taʼminlar edi. "Rotatsion kultivator ish organi”ni 1982-yilda sobiq ittifoq ixtiro va kashfiyotlar qoʻmitasi qoʻllab-quvvatladi va "Ixtiro muallifi” guvohnomasini berdi. Keyinchalik paxta terish mashinalari paxtani nam, qirov tushgan vaqtlarda ham tera oladigan qilib mukammallashtirish ustida ish olib bordi va ikkinchi bor ixtiro muallifi boʻldi.

Qosim ogʻa Nametov rayij-roqoʻm raisi, sobiq Qipchoq sovxozi direktori vazifalarida ishlagan davrlarida, paxta yakkahokimligi eng avj olgan yillarda bu notoʻgʻri siyosat xalqimizning nechogʻlik tinkasini quritib, qiynab kelayotganini chuqur his qilib, ularga madad  boʻlishga intilib yashadi. Xoʻjalik hisobidan uy-joylarga muhtojligi bor 200 tadan ziyod oilalar uchun uy-joy qurilishiga erishdi. Yoʻllarni asfaltlash, maishiy xizmat koʻrsatish obʼektlari qurilishini amalga oshirish uchun yelib-yugurdi. Qishloq xoʻjalik ekinlarini zararli dorilarsiz biologik himoya qilishga eʼtiborni kuchaytirdi. U rahbarlik qilgan  ulkan xoʻjalik ekinzorlari zararkunandalarga qarshi biomahsulotlar bilan kurash boshlangan tumanning ilk hududlaridan edi.

Qosim Nametov oʻziga qanday vazifa topshirilmasin, vijdonan, shaʼniga dogʻ tushirmay ishlashga intildi, uddasidan chiqdi. Jamoadoshlari koʻngliga yoʻl topib, ularning quvonchlariga ham, tashvishlariga ham sherik boʻlib ishladi.

Elni siylaganni – el siylaydi, deganlariday tabiatan kamtar, yuzlaridan nur yogʻilib turadigan, quvnoq, har qanday vaziyatlarda ham oddiy mehnatkashlarning soʻzlarini tinglab, ular bilan hamnafas boʻlib yashagan Qosim ogʻa Nametov ham elda aziz, eʼzozli insonlarning biri. U turmush oʻrtogʻi, 40-yil 11-sonli maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlab nafaqaga chiqqan Xoljon Qurbonboyeva bilan birga besh oʻgʻil, bir qizni odob-ikromli qilib voyaga yetkazishdi, oʻqitib, kasb-korli qilishdi. Hozir 19 nafar nevaraning bobosi.

Insonning barkamolligi va jamiyatdagi tutgan oʻrni oila tarbiyasi, u kamol topgan ijtimoiy muhitdan quvvat oladi. Tarbiya qanchalik mukammal boʻlsa, farzandlar shunchalik jismonan sogʻlom, ruhan tetik, maʼnaviy yetuk boʻlib voyaga yetadi.

Shuning uchun bugun Qosim ogʻa va ayoli Xoljon opa farzandlar kamolidan quvonib, shukrona bilan yashashmoqda, nevaralarining ham munosib oʻrinbosarlar boʻlib yetishishlariga intilmoqda.

– Oila ham kichik Vatan, – deydi ogʻa kulib. – Undagi sogʻlom muhit, ijtimoiy adolat, bir-birovga mehr-oqibat shu Vatan fuqarolari xarakterida aks etib turadi. Demak, sogʻlom farzand kamolga yetkazishni istagan ota-ona avvalo oilasida sogʻlom muhitni shakllantirishi kerak.

Umr boʻyi el tashvishi bilan yashab, oʻzi ham ularday turmush kechirgan kamtarin va gʻamxoʻr inson Qosim ogʻaning suhbatidan odam hech zerikmaydi. Har bir soʻzidan hikmat topadi. Elda aziz boʻlganining boisi ham shundandir, ehtimol?

Oygul RAJABOVA,

Suratda: Q.Nametov

nevaralari bilan.

M.Shomurodov olgan surat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026