Xalq deputatlari tuman Kengaşining 32-sessiyasi töğrisida AXBOROT
28-aprel kuni Xalq deputatlari tuman Kengaşining
32-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada tuman Kengaşi deputatlari, tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, bölimlar rahbarlari, jamoat taşkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiya kotibligiga 11-Örta qalʼa saylov okrugidan tuman Kengaşi deputati Jasurbek Yaxşimov saylandi.
Sessiya kun tartibiga "Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining tuman davlat soliq inspektsiyasida ijrosi töğrisida”gi, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28-dekabrdagi "Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorining ijrosi va kelgusidagi vazifalar töğrisida”gi, "Tumanda aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini yanada yaxşilaş borasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisida tuman tibbiyot birlaşmasi boşliğining hisoboti haqida”gi, "Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2017-yil birinçi çorakdagi ijrosi töğrisida”gi hamda "Xalq deputatlari tuman Kengaşining reglamenti va Kengaş doimiy komissiyalari töğrisidagi Nizomga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi masalalar kiritildi.
"Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining tuman davlat soliq inspektsiyasida ijrosi töğrisidagi masala yuzasidan tuman Kengaşining qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi Ğulomjon Yeşniyozov axborot berdi. Axborotda taʼkidlanganidek, xalq deputatlari tuman Kengaşining qonuniylik, huquq tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş masalalari doimiy komissiyasi aʼzolari tomonidan yuqorida nomlangan qonunning tuman davlat soliq inspektsiyasida ijrosi örganib çiqildi. Örganiş natijalariga köra, inspektsiyada mazkur Qonun ijrosi böyiça muayyan işlar amalga oşirilgani, şuning bilan birga ayrim kamçiliklar mavjudligi qayd qilindi. Deputatlar tuman davlat soliq inspektsiyasi va tumandagi barça davlat taşkilotlari va muassasalarida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş işlarini yanada yaxşilaşni nazarda tutuvçi qaror loyihasini bir ovozdan maʼqulladilar.
Kun tartibidagi ikkinçi masala böyiça tuman hokimi örinbosari Alişer Yöldoşev sözga çiqib, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi "Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorining ijrosi va kelgusidagi vazifalar töğrisidagi masala yuzasidan axborot berdi.
Axborotda keksa yoşdagi fuqarolarni va nogironlarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida töla huquqli iştirok etişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş böyiça tumanimizda amalga oşirilayotgan işlar xususida maʼlumotlar keltirildi.
Tumanda aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini yanada yaxşilaş borasida amalga oşirilayotgan işlar böyiça tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği Olimboy Xalimov hisobot berdi.
Hisobotda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida soğliqni saqlaş tizimini isloh etiş borasida belgilangan vazifalardan kelib çiqib, birlamçi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyatini optimallaştiriş, aholining barça qatlamini zamonaviy tibbiy-profilaktika yordami bilan töliq qamrab oliş böyiça amalga oşirilayotgan işlarga töxtalib ötildi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala – tuman mahalliy byudjetining 2017-yil birinçi çorakdagi ijrosi töğrisidagi masala yuzasidan tuman moliya bölimi mudiri vazifasini vaqtinça bajaruvçi Baxtiyor Kamolov axborot berdi.
Axborotda 2017-yilning birinçi çoragi davomida tuman mahalliy byudjetining daromadlar qismi rejasi 8 mlrd. 65 mln. 436 ming sömga belgilangan bölib, haqiqatda 8 mlrd. 556 mln. 106 ming sömga, yaʼni rejaga nisbatan 106,1 foizga bajarilgani qayd qilindi.
Hisobot davrida mahalliy byudjetning xarajatlar qismi rejasi 24 mlrd. 458 mln. 503 ming sömga belgilangan va uşbu mablağlar asosan ijtimoiy-madaniy va aholini qöllab-quvvatlaş xarajatlariga, iqtisodiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar talablarini amalga oşiriş tadbirlariga qaratilgan.
Kun tartibidagi sönggi masala muhokamasida deputatlar "Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining reglamenti va Kengaş doimiy komissiyalari töğrisidagi Nizomga özgartiş va qöşimçalar kiritiş böyiça tayyorlangan qaror loyihasini muhokama qilib, bir ovozdan tasdiqlanidar.
Kun tartibidagi barça masalalar böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi va şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶