Örni böşab qolgan saylov okruglarida xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputatligiga 2017-yil 26-fevral kuni ötkazilgan saylov yakunlari töğrisida AXBOROT
"Xalq deputatlari tuman va şahar Kengaşlariga saylov töğrisida”gi Qoraqalpoğiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga saylov böyiça tuman saylov komissiyasi tomonidan 2017-yil 23-yanvar kuni "Böşagan örinlarga xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga deputatlar saylovini ötkaziş kunini belgilaş töğrisida” qaror qabul qilinib, 2017-yilning 26-fevral kuni xalq deputatlari tuman Kengaşiga örni böşab qolgan 12-Arnaböyi, 19-Toryop, 26-Çoyköl saylov okruglarida deputatlar saylovi bölib ötdi.
Tuman saylov komissiyasining 2017-yil 25-yanvardagi "Böşagan örinlarga xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga deputatlar sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi qaroriga muvofiq saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça çora-tadbirlar rejasi işlab çiqildi va tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga saylov ötkazuvçi 3 ta okrug saylov komissiyasi va 5 ta uçastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlandi.
Uçastka saylov komissiyalari faoliyati "Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylov ötkazuvçi uçastka saylov komissiyalari işini taşkil qilişga oid Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining eslatmasi”ga asosan töliq jihozlandi.
Saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş okrug va uçastka saylov komissiyalari tomonidan oçiq va oşkora amalga oşirildi. Saylovlar umumiy, teng va töğridan-töğri, yaşirin ovoz beriş yöli bilan ötkazildi.
Xalq deputatlari tuman Kengaşiga siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka jami 6 nafar nomzod körsatildi. Jumladan, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal demokratik partiyasidan 1, "Adolat” sotsial demokratik partiyasidan 2, "Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan 2, Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan 1 nafar deputatlikka nomzodlar körsatildi.
Tuman saylov komissiyasi tomonidan 6 nafar deputatlikka nomzodlar röyxatga olindi.
Saylovga doir barça materiallar "Taraqqiyot közgusi” gazetasida Qonunda körsatilgan muddatlarda eʼlon qilindi.
Örni böşab qolgan saylov okruglari böyiça 11040 nafar fuqaro saylovçilar röyxatiga kiritilib,2017-yil 26-fevral kungi saylovda ularning 10294 nafari, yaʼni 93,24 foizi iştirok etdilar.
Okrug saylov komissiyalarining xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylovlar böyiça saylov natijalari haqida taqdim qilgan yiğiliş bayonlarini tekşirib çiqib, tuman saylov komissiyasi barça saylov okruglarida saylovlar Qoraqalpoğiston Respublikasining "Xalq deputatlari tuman va şahar Kengaşlariga saylovlar töğrisida”gi Qonuniga muvofiq ravişda ötkazilganligini qayd qiladi.
Saylov natijalariga köra xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylangan deputatlar röyxati:
1. Yöldaşev Sultonboy Rajapbayeviç, 1978-yilda tuğilgan, ÖzLiDeP aʼzosi, Amudaryo tumani hokimi, Amudaryo tumani Töquvçi köçasi 15-uyda yaşaydi, 26-Çoyköl saylov okrugi;
2. Palvanov IlxomBekmanoviç, 1974-yilda tuğilgan, Özbekiston "Adolat” SDP aʼzosi, Özbekiston "Adolat” SDP Amudaryo tuman Kengaşi raisi, Amudaryo tumani "Toşyop” ovulida yaşaydi, 12-Arnaböyi saylov okrugi;
3. RajabovaXonimjon, 1957-yilda tuğilgan, ÖzXDP aʼzosi, Amudaryo tumani "Barkamol avlod" bolalar markazi direktori, Amudaryo tumani Uyğun köçasi 5-uyda yaşaydi, 19-Tor-yop saylov okrugi.
Anvar Kamolov,

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶