TUMAN HOKIMINING VIRTUAL QABULXONASI IŞ BOŞLADI
Mamlakatimizda inson manfaatlarini himoya qiliş, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini taʼminlaş, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligini taʼminlaş borasida izçil, bosqiçma-bosqiç islohotlar amalga oşirilmoqda.
Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş, murojaat qiluvçilarga qulaylik yaratiş maqsadida 2017-yilning 1-fevralidan boşlab internet tarmoğida Amudaryo tumani hokimi S.Yöldaşevning virtual qabulxonasi iş boşladi.
Endilikda hokim.amudarya.uz sayti orqali jismoniy va yuridik şaxslar tuman hokimiga elektron tarzda murojaat yöllaşlari mumkin. Virtual qabulxona orqali yuborilgan murojaatlar ham rasmiy maqomga ega.
Agar Sizda hal etilmagan muammoli masalalar, ariza yoki şikoyatlar, şuningdek, davlat organlari faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça takliflar bölsa, uni istalgan paytda tuman hokimiga yöllaşingiz mumkin. Sizning murojaatingiz Özbekiston Respublikasining amaldagi qonunçiligida belgilangan muddatda va tartibda körib çiqiladi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶