Buyuklar xotirasi abadiydir
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi "Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovning xotirasini abadiylaştiriş töğrisida”gi qarori butun xalqimiz xohiş-istagining amaliy ifodasi böldi. Joylarda Birinçi Prezidentimiz tavallud topgan sana oldidan ötkazilayotgan uçraşuvlar va davra suhbatlarida bu fikr öz tasdiğini topmoqda.
Birinçi Prezidentimiz tavallud topgan sana oldidan tumanimizdagi 31-sonli maktabda Özbekiston "Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi va "Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati hamkorligida tadbir ötkazildi. Unda taʼkidlanganidek, Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidenti Islom Karimovning Özbekiston taraqqiyoti, xalqimiz manfaati yölida amalga oşirgan ezgu işlari, islohotlarining qadri yillar davomida oşib boraveradi. Zero, bu insonning xotirasini nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlar ham mustaqilligimiz meʼmori sifatida yuksak qadrlaydi. Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 25-yanvardagi "Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovning xotirasini abadiylaştiriş töğrisida”gi qarori buning amaliy ifodasi bölib, mazkur hujjat keng jamoatçilik tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.
Tadbirda xalqimiz atoqli farzandining davlat va siyosat arbobi sifatidagi keng qamrovli faoliyati, amalga oşirgan işlari yana bir bor eʼtirof etildi.
***
Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kollejida ham şu kabi uçraşuv ötkazildi. Tadbirda Özbekiston "Milliy tiklaniş” demokratik partiyasining asosiy dasturiy maqsad-vazifalari bölgan milliy tiklaniş ğoyasini amalga oşiriş, barqaror milliy rivojlanişni taʼminlaş, milliy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlarni, boy tarixiy merosimizni asrab-avaylaş masalasi, «Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuç» ğoyasini amalga oşiriş vazifasi bevosita Birinçi Prezidentimiz Islom Karimovning "Mustaqillik – maʼnaviy tiklaniş va yuksalişdir” tamoyili asosida yaratilgani alohida taʼkidlandi.
Tadbirda öquvçilar ham Birinçi Prezidentimizning yoşlarga qaratgan eʼtibori xususida tölqinlanib sözladilar va aʼlo baholarga öqib, kasb-hunar sirlarini puxta egallab, Islom Karimov orzu qilganlaridek, yuksak marralarga erişişni öz oldlariga maqsad qilib qöyganini taʼkidladilar.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶