KITOB – ENG YaQIN DÖSTIMIZ
Sarlavhani öqib, hayron bölmang, ajablanmang ham. Çunki ayni kunlarda kitob bilan yaqin döst bölayotganlar juda kam. Yangi kitob olib, uni öqib, bir-birovlariga zavq bilan aytadigan öquvçilar safi yildan-yilga kamayib bormoqda. Eng açinarlisi, yoşlar, yaʼni bizning tengdoşlar böş vaqtlarini internet-kafelarda, turli xil rusumdagi telefonlar, keçqurunlari esa oldinma-ketin televizor orqali namoyiş qilinadigan teleseriallar qarşisida ötkazişadi. Mana şu "qoldirib bölmas maşğulotlar” sabab köpçilik tengdoşlarimiz uçun maktab darslarini özlaştiriş, uy vazifalarini vaqtida tayyorlaş bir qadar muammoga aylanayotgani sir emas.
Bugun texnika va texnologiya rivojlanib borayotgan bir davrda yaşayapmiz. Zamonaviy texnologiyalar bizni batamom qurşab oldi. Bu – yaxşi, zamonaviy texnologiya ilmini puxta egallaş zamon talabi va taraqqiyotning oldingi saflarida yurişga yöl oçadi. Lekin şuni ham unutmaslik kerakki, na jozibador mobil uskunalar, na global tarmoq - internet, na turli xilda şakllantirilgan çalğituvçi öyinlar, teleseriallar ham insonga kitob öqişdan oladigan zavq-u şavqni berolmaydi, maʼnaviyatini, ong-u şuurini va dunyoqaraşini boyitib, kamolotga etaklay olmaydi.
Tengdoşlarim buni vaqtida anglab, böş vaqtlarini kitoblar öqişga sarflaşsa, qanday yaxşi bölar edi.
Oltinoy ÖROZBOYeVA, 30-sonli maktab öquvçisi.
(Foto - http://uzbekistonovozi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶