Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining QARORLARI
Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2017-yilgi asosiy körsatkiçlari töğrisida
Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2017-yilgi asosiy körsatkiçlarini muhokama qilib, xalq deputatlari tuman Kengaşi QAROR QILADI:
1. Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2017-yilgi asosiy körsatkiçlari 1-ilovaga, 2017 yilgi mahalliy soliqlar va yiğimlar stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. (Ilovalar berilmaydi).
2. Amudaryo tumani hokimligi (M.Temirboyev), tuman davlat soliq inspektsiyasi (J.Örazmetov) va moliya bölimi (B.Kamolov) tuman mahalliy byudjetining daromadlar qismini soliq turlari böyiça belgilangan rejalarining oşirib bajarilişini taʼminlasinlar.
3. Amudaryo tuman moliya bölimi (B.Kamolov)ga:
– 2017-yilda mahalliy byudjet xarajatlarini maqbullaştiriş natijasida şakllanadigan manbalar hisobidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş uçun ajratiladigan mablağlar böyiça zarur tuzatişlar kiritib boriş;
– byudjetdan mablağ oluvçilarning byudjetdan mablağ bilan taʼminlaniş asoslari mavjudligini muntazam tahlil qilib boriş, ajratilgan byudjet mablağlarining natijadorligiga erişilmayotgan byudjet muassasalarini qisqartiriş yuzasidan tuman hokimligiga takliflar kiritib boriş;
– tuman ğaznaçilik bölinmasi (U.Tairov) bilan birgalikda byudjet mablağlaridan maqsadli foydalaniş va ularning asossiz sarflanişi ustidan qatʼiy nazorat örnatiş topşirilsin.
4. Tuman hokimligi tegişli mutasaddi taşkilotlar bilan birgalikda byudjet daromadlarining tasdiqlangan körsatkiçlari bajarilişini taʼminlasin, hududlarning soliq soliş bazasi kengaytirilişi va moliyaviy salohiyati mustahkamlanişi yuzasidan zaruriy çora-tadbirlar körsin, byudjet mablağlaridan maqsadli foydalanişi ustidan qatʼiy nazorat örnatsin.
5. Amudaryo tuman moliya bölimi (B.Kamolov) xalq deputatlari tuman Kengaşiga mahalliy byudjetning ijrosi töğrisida har çorakda axborot berib borsin.
6. Uşbu qarorning ijrosini nazorat qiliş xalq deputatlari tuman Kengaşining mahalliy byudjetni şakllantiriş va uni ijro etiş, iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş hamda tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi M.Kazakov zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi, tuman hokimi: S.Yöldaşev
Manğit şahri, 29-dekabr 2016-yil. 95/26-05-son
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi QARORI
"Soğlom ona va bola yili” tuman hududiy dasturining 2016-yildagi ijrosi töğrisida
"Soğlom ona va bola yili” tuman hududiy dasturining 2016-yildagi ijrosi töğrisida tuman hokimining örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedovaning axborotini tinglab va muhokama qilib, xalq deputatlari tuman Kengaşi QAROR QILADI:
1. "Soğlom ona va bola yili” tuman hududiy dasturining 2016-yildagi ijrosi töğrisida tuman hokimining örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedovaning axboroti maʼlumot uçun qabul qilinsin.
2. "Soğlom ona va bola yili” tuman hududiy dasturining ijrosi taʼminlanganligi, dastur doirasida 41 mlrd. 759 mln. 300 ming söm va 233,5 ming AQŞ dollari miqdorida, şundan, byudjet va byudjetdan taşqari mablağlar 6286,6 mln. söm, 0,5 ming AQŞ dollari, bajaruvçilar va homiylar öz mablağlari hisobidan 22005,1 mln. söm, 149,8 ming AQŞ dollari, tijorat banklari kreditlari hisobidan 13467,6 mln. söm, xalqaro taşkilotlar, moliya institutlari va grantlar hisobidan 83,2 ming AQŞ dollari miqdoridagi mablağlar sarflanib, tumanda keng kölamli işlar amalga oşirilganligi qayd etib ötilsin.
3. Tuman hokimligiga tegişli muassasa, korxona va taşkilotlar bilan birgalikda ayollar va onalar salomatligini mustahkamlaş, soğlom avlod tuğilişi hamda uni barkamol etib tarbiyalaş işlarini izçil davom ettiriş maqsadida kelgusida ham quyidagi:
– olis va çekka hududlarda yaşayotgan aholi, ayniqsa ayollar uçun zarur ijtimoiy, maişiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur şaroitlar yaratiş, qişloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma obʼektlarini barpo etiş, qişloq aholisini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş, xizmatlar körsatiş va servis darajasini yuksaltiriş;
– aholining tibbiy madaniyatini oşiriş, homilador ayollarning soğliğini saqlaş va psixofiziologik ahvolini yaxşilaş;
– yoşlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalaştiriş, yoşlarni, ayniqsa qişloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam şuğullanişga jalb etiş, yangi sport obʼektlarini quriş, işlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş;
– mamlakatimizda tinçlik, osoyiştalik va farovonlikni yanada mustahkamlaşning muhim şarti sifatida oilalarda soğlom maʼnaviy muhitni, xususan, özaro hurmat-ehtirom, er-xotin örtasida, ota-onalar bilan farzandlar, qaynona-kelin örtasida, qöni-qöşnilar örtasida mehr-oqibat ruhini yaratiş;
– qiz bolalarni – bölajak onalarni jismonan soğlom va intellektual rivojlangan tarzda voyaga yetkaziş, ularning akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olişini, zamonaviy bilimlar va kasb-hunarlarga ega bölişlarini taʼminlaş, hayotda munosib örnini egallaşlarida, kelajakda soğlom va mustahkam oila qurişlarida asosiy şart hisoblanmiş mustahkam hayotiy nuqtai nazarni va mustaqil fikrlaşni şakllantiriş;
– soğlom bolani voyaga yetkazişda taʼlim tizimining rolini kuçaytiriş, maktabgaça taʼlim muassasalari tarmoğini yanada rivojlantiriş, boşlanğiç taʼlimning yuqori sifatini taʼminlab, ilğor pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda bolalarni maktabga tayyorlaş darajasini tubdan oşiriş, soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş tadbirlarini amalga oşiriş;
– kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarini, avvalo qizlarni işga joylaştiriş, öz biznesini yölga qöyiş iştiyoqidagi yoşlarga imtiyozli kreditlar, yoş oilalarga uy-joy sotib oliş va quriş uçun ipoteka kreditlari, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qiliş uçun isteʼmol kreditlari ajratiş çora-tadbirlarini taʼminlaş kabi masalalarga ustuvor ahamiyat qaratiş topşirilsin.
4. "Taraqqiyot közgusi” gazetasi, "Amudaryo televideniyesi” tahririyati (Ğ.Yeşniyozov)ga "Soğlom ona va bola yili” tuman dasturining ijrosi va dastur doirasida amalga oşirilgan işlar töğrisidagi maʼlumotlarni gazeta va televideniye orqali yoritiş tavsiya etilsin.
5. Uşbu qarorning bajarilişini nazorat qiliş xalq deputatlari tuman Kengaşining ijtimoiy-madaniy rivojlaniş hamda yoşlar siyosati va soğlom avlodni tarbiyalaş masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi Ş.Yangiboyeva zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi, tuman hokimi: S.Yöldaşev
Manğit şahri, 29-dekabr 2016-yil. 96/26-05-son
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi QARORI
Amudaryo tumanida 2016-yil iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini taʼminlaş dasturining ijrosi va 2017-yilgi Dasturi loyihasi töğrisida
Amudaryo tumanida 2016-yilda yangi iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini taʼminlaş dasturining ijrosi hamda 2017-yilgi Dasturi loyihasini muhokama qilib, xalq deputatlari tuman Kengaşi QAROR QILADI:
1. Tuman hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantiriş, xizmat körsatiş sohasi va tadbirkorlik masalalari böyiça örinbosari M.Temirboyevning Amudaryo tumanida 2016 yilda yangi iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini taʼminlaş Dasturining ijrosi haqidagi axboroti maʼlumot uçun qabul qilinsin.
2. Amudaryo tumanida 2017-yilda yangi iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini taʼminlaş Dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. (Ilovalar berilmaydi).
3. Amudaryo tumani hokimligi (U.Polvonov, M.Temirboyev):
– tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini taʼminlaş, islohotlarni yanada çuqurlaştiriş, bandlik körsatkiçlari ösişining muhim manbalari hisoblangan kiçik korxonalar va mikrofirmalarni taşkil etiş, şuningdek işlab çiqarişni modernizatsiyalaş va texnologik jihatdan yangilaş böyiça aniq çora-tadbirlarni belgilasin;
– Dasturda belgilangan körsatkiçlarning öz vaqtida va töliq bajarilişini, jumladan yangidan işlab çiqariş obʼektlarini işga tuşiriş va uy mehnatining barça turlarini rivojlantiriş orqali yangi iş örinlarini taşkil etişni amalga oşirsin;
– Dasturda belgilangan prognoz parametrlarining bajarilişida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarni yanada jadallaştiriş, şuningdek tegişli miqdorda imtiyozli kreditlar ajratiş, fermer va dehqon xöjaliklarini rivojlantiriş hisobidan iş örinlari sonini köpaytirişga alohida eʼtibor qaratsin;
– prognoz parametrlarini çuqur tahlil qilib, bandlik körsatkiçlarini kötariş çoralarini belgilasin va natijalari haqida xalq deputatlari tuman Kengaşiga 2017-yilning olti oyi yakuni böyiça hisobot taqdim qilsin.
4. Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari öz saylov okrugi hududlarida işlab çiqariş va xizmat körsatiş obʼektlarini taşkil etiş, yangi iş örinlarini yaratiş böyiça öz hissalarini qöşsinlar.
5. Uşbu qarorning ijrosini nazorat qiliş xalq de-putatlari tuman Kengaşining mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari doimiy komissiyasi raisi M.Kazakov zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi, tuman hokimi: S.Yöldaşev
Manğit şahri, 29-dekabr 2016-yil. 97/26-05-son

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶