YuRTIMIZ KELAJAGIGA HAR BIRIMIZ DAXLDORMIZ
Mamlakatimizning barça hududlarida bölganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi 86-sonli uçastka saylov komissiyasi aʼzolari ham tobora yaqinlaşib kelayotgan 4-dekabr kungi saylovni uyuşqoqlik bilan ötkaziş uçun puxta hozirlik körişmoqda.
Uçastka hududidagi 2185 nafar saylovçilar bilan şu kungaça bir neça bor uçraşuvlar ötkazilib, ular saylov haqida, Prezidentlikka siyosiy partiyalardan körsatilgan nomzodlar haqida barça maʼlumotlar bilan taniştirildi.
Saylov uçastkasida saylovni ötkaziş xonalari, ona va bola, tibbiyot xonalari zarur jihozlar bilan taʼminlandi.
Uçastka saylov komissiyasi aʼzosi sifatida har kuni xonadonlarda bölganimda, men mahalladoşlarimning mamlakatimizda saylovga doir bilimlarga ega ekanligini, ommaviy axborot vositalaridan saylovga doir eşittiriş, körsatuv, maqolalar bilan muntazam tanişib borayotganini anglayman, tarğibot, taşviqot tadbirlarimizda faol qatnaşib, har biri öz fikr-mulohazalarini bildirayotganidan quvonaman. Axir bu xalqimizning huquqiy savodi tobora yuksalib borayotganining, yurtimizning tinç, farovon bölmoği uçun har biri özini masʼul, deya his qilayotganining ifodasi emas-mi? Ayniqsa, saylovda birinçi bor qatnaşayotgan 25 nafar yoş saylovçilar bilan har bir suhbatimiz juda maroqli ötadi. Ular mamlakatimiz Prezidenti saylovida qatnaşayotganliklari bilan faxrlanişsa, eng munosib nomzodga ovoz beriş masʼuliyatini ham his qilişmoqda.
Ayni kunda uçastkamizda saylovga tayyorgarlik jarayoni eng qizğin pallaga kirdi. Barça kuç-imkoniyatlarimiz 4-dekabr kungi Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini faollik va oşkoralik ruhida ötkazişga qaratilgan.
Inobat OTAJONOVA,
86-sonli uçastka saylov komissiyasi aʼzosi.
(Foto - http://kun.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶