REJA – ChEGARA EMAS
Bizning Y.Oʻrozboyev nomli muqobil mashina-traktor parkimiz hududimizdagi 32 ta fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatadi. Mazkur fermer xoʻjaliklarida 1034 gektar paxta maydoni bor, jami 2155 tonna hosil yetishtirish yuzasidan kontraktatsiya shartnomasi tuzishgan.
Hozir paxta dalalarimizda pudratchilar butun kuch-imkoniyatlarini hosil yigʻim-terimiga qaratishmoqda. Shuning uchun ham kuniga yillik rejaning 4-5 foizi miqdoridagi hosil davlatimiz xirmoniga topshirilmoqda.
Mavsum oldidan dala ishlarida qatnashadigan texnikalar puxta sozlanib, ishga shay qilib qoʻyilganligi terilgan paxtalarni oʻz vaqtida qabul punktlariga tashishda juda qoʻl kelmoqda.
Terimchilarning unumli ishlashlari uchun qulay imkoniyatlar yaratilib, tushlik ovqat, choy dala boshida tashkil qilingani, terilgan paxtalarning peshma-pesh oʻlchab olinayotganligi va terilgan paxta haqi har besh kunda hisob-kitob qilib borilayotganligi ish surʼatining yuqori boʻlishini taʼminlamoqda.
Paxta yigʻim-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan oʻtkazish, yetishtirilgan hosilni kuzakning gʻanimat iliq kunlarida yigʻib-terib olish uchun hududimizdagi ishga yaroqli, ishsiz aholi ham jalb qilindi. Natijada sentyabr oyining birinchi oʻn kunligidayoq "Ibodullayeva Gulzebo”, "Ravshanbek, Javlonbek, Sardorbek”, "Matmurotov Ergash”, "Umid-Jonibek,” "Kamoliddin Bekniyoz”, "Xolimbetov Furqatjon”, "Ollaberganov Izzatjon”, "Ollaberganov Umidjon”, "Ulugʻbek Oʻrozboyev” nomli fermer xoʻjaliklarimiz yillik shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan uddaladilar. Bugungi kungacha mavjud 32 ta fermer xoʻjaliklarimizning 30 tasida reja bajarildi va rejadan tashqari paxta topshirish davom etmoqda. Chunki reja – chegara emas. Fermerlarimiz, tajribali pudratchilarimiz fidoyilik, omilkorlik bilan mehnat qilishib, joriy yilda koʻzlanganidan ancha yuqori hosil yetishtirishga erishdilar. Yillik topshiriqlar ado etilsa-da, hali dalalarimizda hosil moʻl. Paxtakorlarimiz kuzak tashvishlarini yelkalashga koʻmakdosh boʻlib kelgan hasharchilarimiz bilan birgalikda yetishtirilgan hosilni dalada isrof qilib qoldirmay, yigʻib-terib davlatimizga topshiradilar.
Ulugʻbek OʻROZBOYeV, Yoʻldosh Oʻrozboyev nomli MMTP raisi.
(Foto - http://uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶