MAHALLAM – MÖʼJAZ VATANIM
Oila - möʼjaz Vatan. Biz oilada katta bölamiz. Men oilamizni çinor daraxtiga öxşataman. Çunki çinor – bu baquvvat, sersoya va eng köp umr köruvçi daraxtdir. Oilada har bir farzand kelajakda yetuk va barkamol bölib voyaga yetadi. Ota qattiqqöl bölişi mumkin, ammo uning qattiqqölligi evaziga farzand sabr-bardoşli bölib ulğayadi. Mahalla – biz uçun eng qadrdon göşa. Çunki mahallada namunali oilalar şakllanadi. Mahallada ulğaygan insonlar bir-biriga suyanib, bir-birini ardoqlab yaşaydilar.
Mustaqillik yillarida mahallamizda katta özgarişlar röy berdi. Buni bir söz orqali taʼriflab beriş qiyin. Mahallamizda yaşovçi har bir inson köçatlar ekib, mahallamizning körkiga yanada körk qöşdi. Faqat bizning mahallada emas, bu işlar boşqa mahallalarda ham amalga oşirilib, guzarlar yanada gözallaşib ketdi. Imoratlar közlarni quvontiradi.
Mahallamizda töylar-töylarga, bayramlar-bayramlarga ulanib kelmoqda. Nuroniy bobolarimiz esa duo qilib çarçamaydilar. Men şunday bağrikeng, mehmondöst, har qanday insonni oçiq yuz bilan kutib oladigan, qalbida birovga yomonlik tilamaydigan, biroq boşiga oğir kun tuşsa, uning yonida tura oladigan mahalladoşlarim bilan faxrlanaman.
Jamila YaNGIBOYeVA,
"Yoş muxbir” tögaragi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶