Xalq deputatlari tuman Kengaşining yigirma ikkinçi sessiyasi töğrisida AXBOROT
2016-yil 28-iyul kuni xalq deputatlari tuman Kengaşining yigirma ikkinçi sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyaga Kengaş Reglamentining 16-moddasiga muvofiq tuman hokimi topşiriğiga binoan deputat R.Rözmetov raislik qildi.
Sessiya avvalida sessiya kotibi saylandi va kun tartibi tasdiqlandi.
Dastlab "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi töğrisida”gi masala yuzasidan "Kuyuk köpir” saylov okrugidan deputat Ğ.Yeşniyozov axborot qildi.
Kun tartibidagi ikkinçi masala muhokamasida tuman hokimining örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedova sözga çiqib, 2016-yil "Soğlom ona va bola yili” tuman dasturining birinçi yarim yillikdagi ijrosi töğrisida axborot berdi.
Söngra tumanda 2016-yilning birinçi yarmida iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini taʼminlaş dasturining ijrosi hamda joriy yilning birinçi yarmida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlari va 2016-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari bajarilişini sözsiz taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisidagi masalalar yuzasidan tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari M.Temirboyev hisobot berdi, tuman mahalliy byudjetining 2016-yil birinçi yarim yilligidagi ijrosi muhokama qilindi.
Sessiyada 2016-yil 6 oyi davomida tuman hududida qonuniylikning hamda jinoyatçilikka qarşi kuraşning holati töğrisida tuman prokurorining axboroti tinglandi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala böyiça deputat M.Sadullayev sözga çiqib, Amudaryo tuman köp tarmoqli markaziy poliklinikasini zamonaviy tibbiyot va diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlaş, ularda tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşiriş yölida olib borilayotgan işlar töğrisidagi masala yuzasidan axborot berdi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan "Madaniy meros obʼektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining Amudaryo tumanida ijrosi yuzasidan tuman madaniyat va sport işlari bölimi mudiri Ş.Yusupov axborot berdi.
Şuningdek, deputatlar "Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengaşining 2016-yil 8 iyuldagi "Fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatçilari saylovi yakunlari töğrisida”gi № QQ-94-III sonli qarori haqida”gi masalani ham muhokama qildilar.
Kun tartibidagi masalalar böyiça hisobot va axborotlar, sözga çiquvçilarning fikr-mulohazalari inobatga olingan holda tegişli qarorlar qabul qilindi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶