AMU SOHILIDAGI QUTLUGʻ DIYoR
Dunyoda men uchun har joydan moʻʼtabar, aziz, hech qayerda tengi yoʻq shunday bir oʻlka bor: bu – ona Oʻzbekiston! Bu aziz Vatan ichra jannatmakon diyor – men tugʻilib oʻsgan ota makonim Amudaryoning chap va oʻng sohillarida joylashgan tumanimiz Amudaryodir.
Tumanimiz oʻz nomiga yarasha daryodek toshqin, fidoyi, ijodkor, mehnatsevar insonlar yurtidir.
Daryoning oʻng qirgʻogʻidagi Qoratov, chap sohilidagi Jumurtov diyorimiz koʻrkiga koʻrk ulashib turadi.
Bundan tashqari, yangi namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylar, chiroy ochib borayotgan qishloqlar tumanimiz qiyofasini tubdan oʻzgartirib yuborgan.
Hozirgi kunda tumanimizdagi maktab va kasb-hunar kollejlari, akademik litsey oʻquvchilari Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Oʻzbekiston miqyosida oʻtkaziladigan fan olimpiadalarida, turli xil sport musobaqalarida faxrli oʻrinlarni egallab kelishmoqda.
Bu yutuqlar tumanimizda biz yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar tufaylidir.
Kelajakda biz tumanimiz nomini Oʻzbekistonga, butun dunyoga tanituvchi yetuk insonlar boʻlishga erishamiz.
Yulduz MADADOVA, 44-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶