TUMANIMIZ OBOD VA FAROVON GÖŞAGA AYLANMOQDA
Eng uluğ, eng aziz bayramimiz – Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi tobora yaqinlaşmoqda. Bu qutluğ sana oldidan şu davr mobaynida bosib ötgan yölimizni, yurtimizda amalga oşirilgan katta bunyodkorlik işlarini sarhisob qilar ekanmiz, istiqlol yillarida tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi faoliyatida juda katta özgarişlar va yangilanişlarga erişilganligining guvohi bölamiz. Obodonlaştiriş boşqarmasi Mustaqillik yillarigaça "Rayon Kommunal foydalaniş boşqarmasi” nomi bilan yuritilib kelingan bölib, 1998 yildan "Kommunal xizmat” taşkiloti nomi bilan atalgan. Şu yillar oraliğida taşkilotda 32 nafardan ortiq işçi-xodimlar mehnat qilgan bölsa, bugungi kunga kelib boşqarmada 156 nafardan ziyod işçi-xodimlar faoliyat körsatib kelişmoqda. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2003-yil 27-iyun kungi 138/3-sonli, tuman hokimining 2003-yil 30-iyun kungi 343-sonli "Şahar va tumanlar Obodonlaştiriş boşqarmalarini taşkil etiş haqida”gi qarorlari bilan tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi taşkil etilib, tuman hokimligi tasarrufiga olindi. 2009-2012-yillar mobaynida boşqarmaning moddiy texnika bazasini mustahkamlaş uçun 679 mln. 330 ming sömlik 9 dona zamonaviy maxsus avto-transport vositalari – 1 dona ekskavator-pogruzçik traktori, 1 ta suv sepiş maşinasi, 1 ta axlat taşuvçi maşina, 1 ta içimlik suvi taşuvçi maşina, 3 ta transport traktori, 1 ta kran manipulyator, 1 ta "Damas” rusumli avtomaşinalari bilan taʼminlandi. Uşbu texnikalar yordamida köçalarda obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari sifatli bajarilib kelinmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining sohani rivojlantirişga oid turli yillardagi qaror va farmoyişlariga asosan tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi tasarrufidagi bino va inşootlar hududlarida olib borilgan obodonlaştiriş işlari bois, mustaqillik yillarida nafaqat Manğit şahri, balki tumanimiz ovullari qiyofasi tubdan özgardi. Yaşil maydonlar yanada kengaydi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-aprel kungi 101-sonli, tuman hokimining 2012-yil 30-mart kungi 171-sonli qaroriga asosan tumandagi mavjud 75 ta qabriston Obodonlaştiriş boşqarmasi ixtiyoriga ötkazilib, xayriya qutilari taşkil etildi, 25 ta qabristonda obodonlaştiriş işlari olib borildi va namunaviy holatga keltirildi. Qolgan barça qabristonlarda keng qamrovli obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-sonli, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2013-yil 14-yanvardagi 17-sonli hamda tuman hokimining 2013-yil 26-yanvar kungi 59-sonli "Respublika aholi punktlarini obodonlaştiriş işlarini taşkil etişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi qayta taşkil etildi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli "Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalaş tizimini rivojlantiriş va takomillaştiriş çora-tadbirliri töğrisida”gi qaroriga asosan tumanda 2014-2015-yillar davomida 351 ta çiqindi töplaş punktlari qurildi. Örta qalʼa ovuli hududidagi 9,9 gamaydondagi çiqindi taşlaş poligonini himoya devorlari bilan öraş işlari rejalaştirilgan.
Tuman hududidagi barça aholi punktlarida, köçalarda obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlarini sifatli olib boriş orqali tumanimizni farovon va obod göşaga aylantiriş – Obodonlaştiriş boşqarmasi işçi-xizmatçilarining zimmasidagi masʼuliyatli vazifadir.
Şerzod Törayev,
tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶