12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:09
Adabiyot 👁 4,551

ORZULARI BIR OLAM YoŞLAR

ORZULARI BIR OLAM YoŞLAR

Bundan bir neça yil avval  tahririyat ijodiy jamoasi yiğilişlarida doimo  bir gapni tez-tez takrorlar edik:

- Jurnalistika sohasiga qiziquvçi yoşlar kam, borlari ham şunçaki yozişadi.

Xöş, yoş iqtidorlilarni izlab topiş, qobiliyatlarini rivojlantiriş, tuman gazetasiga joylardan maqola va xabarlar yozib turadigan jamoatçi muzbirlar safini kengaytiriş uçun  nima qiliş kerak? Atrofimizni turli xil axborot manbalari qurşab  olgan, ayniqsa internet tarmoğidan foydalaniş imkoniyatlari tobora  kengayib borayotgan bir şaroitda qişloq va şahar yoşlarida tuman gazetasiga maqola yoziş iştiyoqini uyğotiş, ularni jurnalistika sohasiga qiziqtiriş qanday keçarkan?

Tahririyat ijodiy jamoasi qarori bilan "Taraqqiyot közgusi” gazetasida "Eng yaxşi inşo” tanlovi, jurnalistika sohasiga qiziquvçilar uçun "Taraqqiyot közgusi” gazetasi va www.amunews.uz veb-sayti tahririyatining "Mobil muxbir” loyihasi eʼlon qilindi.

Şuni quvonç bilan taʼkidlaş joizki, har ikkala tanlov ham kutilganidan ziyoda natijalari bilan nafaqat ijodiy jamoamizni, balki gazetamiz va veb-saytning minglab muxlislarini quvontirdi. Yil davomida, ikki bosqiçda, har biri beş xil yönaliş böyiça ötkazilgan "Eng yaxşi inşo” tanlovi gazeta tahririyati uçun önlab jamoatçi muxbirlarning kaşf etilişiga imkon  yaratdi. Maʼnaviyatga, jurnalistika sohasiga qiziquvçi Aziza Madrahimova, Sevara Ibrohimova, Şahzod Qurbonboyev, Husanjon Yöldoşev, Qunduzoy Yusupova, Yulduz Madadova, Iroda Yerdoşeva, Yulduz Yusupova, Muhayyo Rahimboyeva singari yoş muxbirlar bugun öz maqola va şeʼrlari orqali tumanimiz xalqiga yaxşi taniş. Öz ijod uslubiga, şaxsiy fikriga va mulohazalarini dadil ayta oliş qobiliyatiga ega bölgan bu yoşlarning har bir maqolasi, şeʼr va hikoyasida mustaqillik ğoyalari, ona Vatanga mehr-muhabbat tuyğulari ufurib turadi.

Öz tengdoşlaridan ibrat olişga intilib, ijod maydoniga kirib kelayotgan yoşlar safi bugungi kunda quvonarli darajada ösdi. Ulardan biri "Örta qalʼa” ovulining "Oqboşqalʼa” mahallasidan Çinoroy Örinboyeva. Çinoroy "Eng yaxşi inşo” tanlovining faol iştirokçisi, tahririyat huzuridagi "Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi, dilbar şeʼrlar muallifi. Uning biri-biridan öqişli, munozaralarga boy maqolalari kişini öylaşga, fikrlaşga undaydi. Ayniqsa, ona Vatan mavzusi Çinoroy ijodida yetakçi örin tutadi.

Jamila Yangiboyeva ham "Eng yaxşi inşo” tanlovi ğolibi sifatida tengqurlariga, gazeta muxlislariga yaxşi taniş. Kuyuk köpir ovuli "Özbekiston” mahallasi ahlining turmuş tarzi, intiliş va orzulari, mustaqillik yillarida özi tuğilib-ösgan mahallada olib borilgan bunyodkorlik işlari haqida tölqinlanib himoya qiluvçi Jamila fikrlari teran, dunyoqaraşi kengligi bilan ajralib turadi.

Inşolar tanlovi va "Mobil muxbir” loyihasi iştirokçilaridan Manğit iqtisodiyot kolleji öquvçisi Feruza Yöldoşeva, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi Dinora Karimboyeva, 71-sonli maktab öquvçisi Ozoda Töliboyeva, Maftunaxon Kenjaboyeva, Muqaddasxon Yangiboyeva, 38-sonli maktab öquvçisi Javohir Yöldoşevlar bugungi kunda öz ijod namunalari bilan gazeta muxlislari eʼtiborini qozongan jamoatçi muxbirlar sifatida şakllandilar. Aynan ana şu yoş ijodkorlarimizning faolliklari bois, bugungi kunda tumanimizning eng çekka qişloq va mahallalarida "Taraqqiyot közgusi” gazetasining öz jamoatçi muxbirlari, jurnalistika sohasiga qiziquvçi yoşlar ijod maydoniga dadil kirib kelişmoqda. Ozoda Töliboyeva, Çinoroy Örinboyevalarning öz ovullari aholisi turmuş tarzi, yoşlarning kiyiniş madaniyati, muoamala madaniyatiga oid, şuningdek, Feruza Yöldoşeva, Muqaddas Yangiboyeva, Maftunaxon Kenjaboyeva hamda Jamila Yangiboyevalarning erta turmuş, ommaviy madaniyatga, diniy-ekstremizmga qarşi, ogohlikka davʼat mavzularidagi maqolalari har bir kişini öylaşga, fikrlaşga, mulohaza bilan iş tutişga undaşi bilan köpçilikka manzur.

Şuni alohida mamnuniyat bilan taʼkidlaşni istardimki, tuman matbuotida betakror qobiliyatli yangi avlod vakillari, kelajagiga işongudek salohiyatli ijodkor-yoşlar şakllanmoqda. Qadamlari dadil, fikrlari öktam bu ijodkor-yoşlarning iştiroki tufayli "Taraqqiyot közgusi” gazetasi sahifalarida "Tengdoşlarga gapim bor”, "Ota-onalarga gapim bor”, "Tengdoş - tengdoşga”, "Biz – kelajak vorislarimiz”, "Biz erta turmuşga qarşimiz” "Yoşlar fikr bildiradi” kabi ruknlar paydo böldiki, bu ruknlar ostida berilayotgan maqolalar, avvalo öziga xosligi, hozir-javobligi, zamon taraqqiyotiga hamohangligi bilan muştariylar eʼtiboriga sazovor bölmoqda.

- Mening orzularim bir olam, - deydi Amudaryo akademik litseyi öquvçisi Dinora Karimboyeva. – Ijod bilan oşnolik hayotimga köplab yangiliklar olib kirdi. 2013-yilda "Jetkenşek” gazetasi tahririyatining "Obod mahallam” körik-tanlovida "Obod  mahallam – Jumur ovulim” maqolam bilan iştirok etib, tanlov ğolibi böldim. 2014-yilda "Yaşil çiroq - 2014” tanlovida Özbekiston Respublikasida faxrli 2-örinni egalladim. 2015-yilda esa "Orasta qizlar” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi ğolibi sifatida tanlovning mamlakat bosqiçiga yöllanma oldim va "Eng zukko qiz” yönalişida ğoliblikni qölga kiritdim. Eng muhimi, "Orzularim bir olam” şeʼrlar töplamim naşr etildi. Mening barça yutuqlarimda sevimli "Taraqqiyot közgusi” va "Mening oilam” gazetalarining, amunews.uz veb-saytining örni katta.

Tuman yoşlari örtasida eng faol maʼnaviyat tarğibotçilariga aylangan bu yoş ijodkorlarning ijod namunalarini körib, qalbimizda ğurur va işonç tuyğulari uyğonadi. Birining jöşqin şeʼriy satrlari, birining kişini fikrlaşga, mulohaza yuritişga undovçi hikoyalari, yana birlarining hayot quvonçlari va taşvişlari haqidagi fikrlari, istiqloldan rang olgan ona Vatan manzaralari, buyuk özgarişlardan söz aytguvçi maqolalarini öqib, qalbimizda xotirjamlik uyğonadi.

Bu xotirjamlik – tuman matbuotida kelajak ufqlari yorqin yangi avlod şakllanayotganiga işonç hamda salohiyatli, bilimdon va zukko, maʼnaviy meros qadrini baland tutadigan intellektual mulk egalari voyaga yetayotganidan dalolatdir. Zero, 82 yillik tarixga ega Amudaryo tuman matbuotining buguni ham, kelajagi ham maʼnaviyatli, salohiyatli, qalblarida orzulari bir olam ijodkorlar ijodi bilan yanada rivoj topaveradi. Qalblari ezgu orzularga töla yoş ijodkorlarga:

- Orzu ufqlaringiz yanada yorqin, ijod yöllaringiz oydin bölsin, xalqimizga maʼnaviyat ulaşişdek sermaşaqqat va gaştli hayotingiz oppoq nurlarga tölsin! – deymiz.

 

Robiya YÖLDOŞEVA,

Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026