DOIMIY KOMISSIYaNING NAVBATDAGI YIĞILIŞI
4-iyun kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining ijtimoiy-madaniy rivojlaniş hamda yoşlar siyosati va soğlom avlodni tarbiyalaş masalalari böyiça doimiy komissiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda Xalq deputatlari tuman Kengaşining ijtimoiy-madaniy rivojlaniş hamda yoşlar siyosati va soğlom avlodni tarbiyalaş masalalari böyiça doimiy komissiyasining 2016-yilga möljallangan iş rejasiga muvofiq Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 28-oktyabrdagi "Töy-haşamlar va marosimlarni, marhumlar xotirasiga bağişlangan tadbirlarni ötkazişni tartibga soliş töğrisida’’gi Farmonining tumandagi ijrosi töğrisida”gi masala körib çiqildi.
Yiğilişda tuman Kengaşining ijtimoiy-madaniy rivojlaniş hamda yoşlar siyosati va soğlom avlodni tarbiyalaş masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi Şirin Yangiboyeva kun tartibidagi masala ijrosi yuzasidan olib borilayotgan işlar haqida axborot berdi.
Doimiy komissiya yiğilişida tuman Xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi raisi Rustam Rözmetov, "Yusuf Eşon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsapayevlar sözga çiqib, Özbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi Farmoni asosida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan hisobot berdilar.
Yiğiliş yakunida muhokama etilgan masala yuzasidan tegişli qaror qabul qilindi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶