BOLA HUQUQLARI QONUN HIMOYaSIDA
Inson huquqlarining uzviy va ajralmas qismi bölgan bola huquqlarini himoyalaş masalasi yurtimizda ustuvor yönalişlardan biri sifatida belgilangan. Zero, mamlakatimizda 18 yoşga tölmaganlar aholining taxminan 40 foizini taşkil etadi.
«Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida»gi, «Taʼlim töğrisida»gi Qonunlar hamda Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi, 2004-2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantiriş Davlat umummilliy dasturi, «Yoşlar yili», «Soğlom avlod yili», «Ona va bola yili», «Soğlom ona va bola yili» kabi davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilişi orqali mamlakatimizda yoş avlodning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularning har tomonlama barkamol rivojlanişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratildi.
Maʼlumki, 1992-yil 9-dekabrda mamlakatimiz qöşilgan ilk halqaro huquqiy hujjat «Bola huquqlari töğrisida»gi konventsiya bölib, uşbu hujjatda eʼtirof etilgan huquqlarni amalga oşiriş uçun barça çora-tadbirlar izçillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda va uning ijrosi böyiça Milliy maʼruzalar muntazam ravişda BMTning Bola huquqlari qömitasiga taqdim etib kelinmoqda.
Respublikamizda bola huquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlarni taʼminlaşni tartibga soluvçi qonunçilik tizimi yaratilgan. Jumladan, bu tizim Konstitutsiya, Fuqarolik, Oila, Mehnat, Jinoyat, Jinoyat Protsessual, Jinoyat ijroiya, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarni «Taʼlim töğrisida»gi, «Fuqarolar soğliğini saqlaş töğrisida»gi, «Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatining asoslari töğrisida»gi, «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi, «Odam savdosiga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonunlar va bola huquqlarini amalga oşiriş masalalarini tartibga soluvçi boşqa normativ-huquqiy hujjatlarni öz içiga oladi.
Özbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 65-moddasida bolaning oilada yaşaş va tarbiyalaniş huquqi, uşbu kodeksning 66-moddasida bolaning ota-onasi va boşqa qarindoşlari bilan körişiş huquqi, 67-moddasida esa bolaning himoyaga bölgan huquqi, 68-moddasida bolaning öz fikrini ifoda etiş huquqi, 69-moddasida bolaning ism, ota ismi va familiya oliş huquqi, 70-moddasida bolaning ismi va familiyasini özgartiriş huquqlari belgilangan bölib, bola huquqlari haqida qonunçilikda belgilangan köplab misollarni keltiriş mumkin.
Eʼtirof etiş kerakki, heç kimdan kam bölmaydigan barkamol avlodni tarbiyalaş masalasi nafaqat davlat organlari, jamoat taşkilotlari va muassasalarning vazifasi, balki kelajak oldidagi masʼuliyatni his qilgan holda har bir oila, ota-ona, qolaversa, har bir şaxsning asosiy va doimiy burçidir.
Sanobar XOlbOyeva,
tuman FHDYo bölimi mudirasi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶