“VATANIMIZ – FAXRIMIZ”
Odamzot qanday makonda, qanday sharoitda dunyoga kelishini oʻzi belgilay olmaydi. Shu maʼnoda farzandlari ilm-u maʼrifatli, dono, oqil va barkamol boʻlmogʻi uchun gʻamxoʻrlikni kun sayin kuchaytirayotgan Oʻzbekistonday tinch-osoyishta, jannatmakon yurtda tugʻilganimizdan, umrguzaronlik qilayotganmizdan har birimiz faxrlansak, arziydi.
Shu yilning 15-aprel kuni 18-sonli maktabda mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bagʻishlanib, yoshlar festivali oldidan "Vatanimiz - faxrimiz” mavzusida iqtidorli oʻquvchilarning ijodkorlar bilan davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida "Taraqqiyot koʻzgusi” va "Mening oilam” gazetalari maxsus muxbirlari M.Shomurodov va O.Rajabovalar qatnashdilar.
Davra suhbatida oʻquvchilar ijrosida ona Vatanga mehr va sadoqat, kelajagiga daxldorlik va mustaqilligimiz tufayli erishilgan tinch-omon kunlarimizga shukronalik tarannum etilgan sheʼrlar yangradi.
Davra suhbati yakunida shu maktab oʻquvchisi, koʻpgina koʻrik-tanlovlarning tuman, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlari sovrindori, isteʼdodli ijodkor Xudoyor Turkmanboyev "Tinchlik boʻlsin dunyoda” qoʻshigʻini ijro qildi.
Sherzod MADRIMOV.
(Foto - http://uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶