ULUĞ BOBOMIZ – FAXRIMIZ
Sohibqiron bobomiz Amir Temur 1336-yilning 9-aprelida Keşda tuğiladi. Yoşligidan çavandozlikka, ov qilişga işqiboz bölib, kamondan nişonga öq otiş, ot çoptirib, turli maşq va harbiy öyinlar bilan maşğul bölişni yoqtirgan. Şu asnoda u dovyurak, mohir çavandoz bölib yetişdi va öz mulkini möğullar tajovuzidan qutqardi. "Anqara jangi”, "Loy jangi”da ham ğolibona harakat qilib, duşmanni mağlub etdi, unga taniqli ulamo, öz piri Said Baraka Oliy hokimiyat ramzi - tabl bilan yalov (bayroq)ni tortiq qilib, uning buyuk kelajagidan başorat qiladi. Bu, şubhasiz buyuk saltanat ramzi edi.
Amir Temur maşhur davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida özbek davlatçiligi yuksalişida muhim örin tutadi. Tarixiy manbalarda sohibqiron Amir Temur nomi bilan bir qatorda "Sohibi jahon” hamda "Sohibi adl” – "Adolat sohibi” nomlari bilan uluğlangan. U özining davlat boşqariş uslubiga bağişlangan maxsus asar yaratib, uni "Temur tuzuklari” deb atadi. Amir Temurning: "davlat işlarining töqqiz uluşini kengaş, tadbir va maşvarat, qolgan bir uluşini qiliç bilan amalga oşirdim”, "Kuç - adolatdadur”, degan sözlari uning mamlakatni aql-zakovat va adolat bilan boşqarganligidan guvohlik beradi.
Mamlakatimizda A.Temur dahosiga katta hurmat körsatiladi. Jumladan, 1996 yil "Amir Temur” yili deb eʼlon qilindi, Şahrisabz, Samarqand, Toşkentda haykallari örnatildi. Ayniqsa, mamlakatimiz poytaxtida bunyod etilgan Temuriylar tarixi davlat muzeyi faxr-uiftixorga molik meʼmoriy yodgorligimizdir. Bu yil sohibqiron bobomizning 680 yilligini keng nişonlaymiz.
Mahliyo RAHIMBOYeVA, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶