45-sonli MTTda milliy va maʼnaviy qadriyatlarni uluğlovçi tadbirlar ötkazildi
Amudaryo tumanidagi 45-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida bolajonlarni milliy va maʼnaviy qadriyatlar bilan taniştiriş, ularni ijtimoiy va ijodiy jihatdan rivojlantiriş maqsadida turli tadbirlar taşkil etilmoqda. Yaqinda uşbu taʼlim muassasasida “Navröz sayli” bayram tadbiri hamda “Adiblar bilan uçraşuv” nomli adabiy-maʼrifiy keça bölib ötdi.
Navröz ezgulik, yangilaniş va tabiat uyğonişi ramzi sifatida mamlakatimiz böylab keng nişonlanadi. Şu munosabat bilan 45-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida bolalar uçun bayram tadbiri taşkil etilib, unda milliy anʼanalarimiz va qadriyatlarimizning gözalligi namoyon etildi. Tadbirda bolajonlar milliy liboslarda şeʼr va qöşiqlar ijro etib, xalq öyinlarini namoyiş qildilar. Şuningdek, Navrözga xos bölgan sumalak tayyorlaş anʼanasi haqida maʼlumot berilib, uning mazmun-mohiyati tuşuntirildi.
Bolajonlarning maʼnaviy dunyosini boyitiş, kitobga bölgan mehrini oşiriş maqsadida taşkil etilgan adabiy-maʼrifiy keçada esa tarbiyalanuvçilar maşhur adib va şoirlarning ijodi bilan yaqindan tanişdilar. Ular öz sevimli qahramonlari obrazida sahna körinişlarini namoyiş etib, şeʼrxonlikda faol iştirok etdilar. Tadbir doirasida adabiy viktorinalar va ijodiy çiqişlar ham uyuştirildi.
Mazkur tadbirlar bolajonlarda milliy va maʼnaviy qadriyatlarga hurmat ruhini şakllantiriş, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiriş hamda bilimga bölgan iştiyoqini oşirişga xizmat qildi.
Yulduz Ortiqova, 45-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶