DEPUTAT SAYLOVÇILAR BILAN UÇRAŞDI
Şu yilning 26-mart kuni tuman hokimligining katta majlislar xonasida 32-Qiliçboy saylov okrugidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati, Özbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Mirzaxidov Xurşid Mirsabiroviçning saylovçilar bilan uçraşuv yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişni tuman hokimining birinçi örinbosari B.Ernazarov kiriş söz bilan oçib, 32-Qiliçboy saylov okrugidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Mirzaxidov Xurşid Mirsabiroviçning deputatlik faoliyatiga va uning Özbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri sifatida olib borayotgan işlariga keng töxtaldi.
Şundan söng deputat X.Mirzaxidov özining deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.
Deputat axborotidan keyin tuman hokimining birinçi örinbosari B.Ernazarov sözga çiqib, X.Mirzaxidovning amaliy yordami bilan Manğit şahri – Qiliçboy va Dörman ovullari oraliğiga salkam 500 mln. sömlik mablağ evaziga umumiy uzunligi 23,2 km. bölgan şişa tolali aloqa kabeli tortilib, foydalanişga topşirilganligi, buning esa tumanimizning çekka hududlarida joylaşgan Qiliçboy va Dörman ovullaridagi aholi punktlariga sifatli telefon aloqasi, yuqori tezlikdagi internet, IP-telefoniya, IP-televideniye, videoselektor xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatini berganligi, şuningdek, tumandagi Qipçoq, Çoyköl va Qiliçboy ovullarida joylaşgan avtomat telefon stantsiyalariga 74 mln. sömlik quyoş panellari örnatilib, ularning uzluksiz işlab turganligi haqida gapirdi.
Axborot yuzasidan muzokaralarda iştirok etganlar mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya sohasini isloh qiliş böyiça amalga oşirilayotgan işlarga yuqori baho berdilar va deputatga savol hamda takliflar bilan murojaat qildilar.
Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi B.Yangiboyev sözga çiqib, deputat X.Mirzaxidovga amaliy yordamlari uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi hamda Vazirlar Kengaşi nomidan minnatdorçilik bildirdi.
Yiğilişda bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida tegişli qaror qabul qilindi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶