14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 11:39
Siyosat 👁 3,111

Amudaryo tuman hokimining qarorlari

Amudaryo tuman hokimining qarorlari

Amudaryo tumanidagi barcha xoʻjalik yurituvchi tashkilotlarga va fuqarolarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini va tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003 yil, 1-, 2-son, 17-modda)ga asosan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2016-yil 4-yanvardagi 02-08/7-01/2-sonli majlis bayoni qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 320-modda)ga asosan tumanda barcha xoʻjalik yurituvchi subʼektlar va fuqarolarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini va tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida QAROR QILAMAN:

1.Quyidagilar:

a) fuqarolarga va tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarga tegishli avtomototransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga muvofiq (ilovalar berilmaydi);

b) Amudaryo tumanidagi barcha xoʻjalik yurituvchi tashkilotlarga va fuqarolarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini va tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Tuman ichki ishlar boʻlimining yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi bilan "AGAT AVTOQURILISH SERVIS” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha shartnoma tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

3. "Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 1-boʻlimi 5-bandidagi "a” qismiga asosan transport vositalarining texnik koʻrigi:

birinchi marta 2016-yil 1-martdan 30-iyungacha;

ikkinchi marta 2016-yil 1-sentyabrdan  31 oktyabrgacha;

Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 2016-yil 1 martdan 30-iyungacha;

Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 2016-yil 1 yanvardan 30-avgustgacha oʻtkazilishi belgilansin.

4. Tumandagi jismoniy shaxslar hamda barcha korxona, tashkilot va masʼuliyati cheklangan jamiyatlariga qarashli transport vositalari belgilangan muddatda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishga olib kelinsin hamda texnik jihatdan sozlab, ularning yaroqli holatga olib kelinishi taʼminlansin.

5. "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi (bosh muharriri Gʻ.Yeshniyazov)ga transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlari boshlanganligini hamda uning borishini  gazeta sahifalarida yoritib borish tavsiya qilinsin.

6. Tuman hokimligi huquqshunosi (Sh.Abdullayev) mazkur qarorning tumandagi "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasida chop etilishini hamda tuman hokimligi veb saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.

7. Tuman hokimining 2015-yil 26-fevral kungi 91-sonli qarori ("Taraqqiyot koʻzgusi”, 2015-yil 28 fevral, 8(7115)-son) 2015-yil 31-dekabrdan  oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.

9. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

 

Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari:       B.Ernazarov.

Mangʻit shahri, 2016-yil

29 fevral. 94-son

 

Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013-yil 25-aprelda 2452-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan "Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ning (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 17-son, 229-modda) talablaridan kelib chiqib, tumanda 2016-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan QAROR QILAMAN:         

1) Quyidagilar:

a) tuman hududidagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq (ilovalar berilmaydi);

b) tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va koʻrsatilgan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.

2. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasiga mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish hamda talabga javob bermaydigan texnik nosoz texnikalarni ishlatishni qatʼiy man qilish;

texnik koʻrik davomida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalar, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari mavsumga tayyorgarligi, har bir traktorchi-mashinistning tegishli texnikani boshqarish uchun ruxsat etilgan toifaning mavjudligi, texnikalarning oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganligi va boshqa texnik talablar asosida amalga oshirish;

texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifalari yuklatilsin.

3. Tumandagi barcha fermer xoʻjaliklari, ularga xizmat koʻrsatuvchi korxona, tashkilot, tijorat banklari rahbarlari va mahalla raislariga:

hisobida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarini, asbob-uskunalarni texnik koʻrikdan oʻz muddatida oʻtkazish uchun tayyorlab, belgilangan maydonchalarga yigʻish;

har bir mahallaga oʻz hududidagi shaxsiy texnikalarning texnik koʻrikdan oʻtishini tashkillashtirish vazifalari yuklatilsin.

4. Tuman hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (M.Temirbayev)ga:

tumandagi korxona, tashkilot, mashina-traktor parki ochiq aktsiyadorlik jamiyati, muqobil mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklari va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, asbob-uskunalarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish topshirilsin.

5. Tuman hokimligi huquqshunosi (Sh.Abdullayev) mazkur qarorning tumandagi "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasida chop etilishini hamda tuman hokimligi veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.

6. Tuman hokimining 2015-yil 20-yanvar kungi 34-sonli qarori ("Taraqqiyot koʻzgusi”, 2015-yil, 28-fevral 8(7115)-son) 2015-yil 31 dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.

8. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

 

Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari:       B.Ernazarov.            

Mangʻit shahri, 2016 yil 29-fevral. 98-son

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019